Prezident erta bahordagi sabzavotlar taqchilligining oldini oluvchi qarorni imzoladi

© pixabay Ovoshi v magazine
Ovoshi v magazine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erta bahorda yetishtirilgan mahsulotlarni 2018-yilning mart oyidan boshlab ichki bozorlar va Toshkent shahar yarmarkalariga yetkazib berish bo‘yicha reja-jadvallar ishlab chiqiladi hamda ularning bajarilishi nazorat qilinadi

TOShKENT, 22-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti aholining erta bahorda oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘la qondirish, bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qarorni imzoladi. Qaror matni prezidentning rasmiy veb sahifasida keltirilgan.

Hujjatga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish uchun talab etiladigan urug‘lik, mineral o‘g‘it va yonilg‘i-moylash mahsulotlari hajmlari hisob-kitobi ma’qullandi.

Kartoshka yig‘ib olinmoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiyaning oliy navli kartoshkasi yetishtiriladi

Qarorga asosan tuzilgan maxsus Respublika komissiyasi 4 ta sektor rahbarlari bilan birgalikda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekiladigan maydonlarni shudgorlash, ekishga yer tayyorlash, ochiq maydonlar va bog‘-tok qator oralariga ekish ishlarini tizimli tashkil etishni ta’minlashi darkor.

Bundan tashqari, komissiya zimmasiga mazkur ekinlarni erta bahorda oziqlantirish, sug‘orish, parvarishlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarning optimal muddatlarda bajarilishini nazorat qilish, talab etiladigan yonilg‘i-moylash mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqa moddiy resurslarni o‘z vaqtida yetkazib berilishi, yetishtirilgan mahsulotni ichki va tashqi bozorlarga sotish, qilingan xarajatlarni qoplash ishlarini muvofiqlashtirib borish yuklatildi.

Komissiya shuningdek, erta bahorda yetishtirilgan mahsulotlarni 2018-yilning mart oyidan boshlab ichki bozorlar va Toshkent shahar yarmarkalariga yetkazib berish bo‘yicha reja-jadvallarni ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.

Vyezd v Bulungurskiy rayon Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Bulung‘ur Yevropaga sabzavot yetkazmoqda, daromadga ming tonnalik muzxona qurmoqchi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga 2017-yil 25-avgustgacha fermer va dehqon xo‘jaliklariga yuqori sifatli urug‘liklarni dorilangan va sertifikatlar mavjud bo‘lgan taqdirda kamida 50 foiz haqini oldindan to‘lash sharti bilan yetkazib berilishini ta’minlash hamda 2017-yil 10-sentabrgacha fermer xo‘jaliklari bilan Toshkent shahar yarmarkalari, tayyorlov va eksport qiluvchi tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq mahsulot yetishtiruvchilarga shartnoma qiymatining 40 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda avans mablag‘larini to‘lab berish choralarini ko‘rish vazifalari yuklatildi.

Qarorga muvofiq "O‘zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsokpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida ekiladigan sabzavot ekinlari uchun respublikada yetishmaydigan urug‘liklarni xorijdan olib kelish va belgilangan tartibda joylarga yetkazib berilishini ta’minlaydi.

To‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarni ekish va uning agrotexnikasini amalga oshirish uchun talab etiladigan kreditlar mahsulot yetishtiruvchi va xarid qiluvchi tashkilotlarga bir oy muddatda ajratilishi tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0