TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Har oyda 1000 tonna mahsulotni qayta ishlab, Angliya, Germaniya, Virgil orollari, AQSh, MDH davlatlari va 20 dan ortiq mamlakatga eksport qilyapmiz, deb aytgan "Zarafshon" muxbiriga bergan intervyusida Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani "BULUNGUR-SANDVIK" mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Nosir Yusupov.
"Qariyb 10-yillik tajriba asosida har oyda 1000 tonna mahsulotni qayta ishlab, Angliya, Germaniya, Virgil orollari, AQSh, MDH davlatlari va 20 dan ortiq mamlakatga eksport qilyapmiz. May oyining o‘zida xorijga 846 ming AQSh dollari miqdorida mahsulot chiqardik", — deb qo‘shimcha qilgan suhbat davomida Yusupov.
Tuman hokimligi iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Nizomiddin Rasulovning aytishicha o‘tkazilayotgan meva-sabzavot yarmarkalarida tumanning eksportor korxonalari Angliya, Ozarbayjon, Xitoy davlatlarining nufuzli kompaniyalari bilan 20 million 572 ming AQSh dollari miqdoridagi kelishuv asosida 19 ming 300 tonna quritilgan va yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, dukkakli ekinlar yetkazib berishgan.
"Bu yildan esa eksportchi korxonalarimiz safi yana to‘rttaga kengayib, may oyining o‘zida 1 million 240 ming AQSh dollari hisobida 1841 tonna mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, yil boshidan buyon ular 4 million 379 ming AQSh dollarlik mahsulot sotishga erishdi", — degan u.
"Bundan tashqari, Baxmal, Jomboy va Bulung‘urdagi vino ishlab chiqarish korxonalariga 1200 tonna uzum yetkazib berdik. Olingan daromaddan korxonada shpaler ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Xitoylik hamkorlar bilan oyiga 250 tonna mevani saralash, qadoqlash va quritishga mo‘ljallangan yangi liniyani ishga tushirishni rejalashtirapmiz.
Joriy yilda ham rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni davom ettirib, ming tonna uzum va 250 tonna mayiz yetkazib berish uchun 8 million AQSh dollari miqdorida shartnoma tuzganmiz. Daromaddan esa ming tonnalik muzxona qurmoqchimiz. Mamlakatimizda eksport imkoniyatlari kengayayotgani korxonalarning moliyaviy barqaror bo‘lishi va tarmoqlarni kengaytirishiga zamin bo‘lyapti. Biz ham mazkur rejalar ijrosi bilan qo‘shimcha 15 ta yangi ish o‘rni yaratishni mo‘ljallayapmiz", — deb xabar qilgan Karimov.