O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxini bir meyorda ushlab turadigan jamg‘arma tuzildi

Obuna bo‘lish
Jamg‘arma Moliya vazirligining 100 mln dollariga teng bo‘lgan birlamchi badal hisobidan shakllantiriladi

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tuzildi. Bu jamg‘arma O‘zbekiston prezident qarori asosida tashkil etildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev metan narxini arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

O‘zbekiston Moliya vazirligi 100 mln dollari bo‘lgan birlamchi badali hisobidan shakllantiriladi.

Jamg‘arma mablag‘lari birinchi navbatda, go‘sht, o‘simlik va hayvon yog‘i, g‘alla, un, kartoshka, sabzi, boshpiyoz, shuningdek, boshqa muhim ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarini ichki bozordagi oziq-ovqat tovarlariga bo‘lgan talab va takliflarning mavsumiy va jadal tebranishlarini silliqlashtirishga yo‘naltiriladi.

Jamg‘armaning mablag‘lari bilan qat’iyan O‘zbekiston Bosh vaziri A.N.Aripov boshchiligidagi Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx- navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi qarorlari bo‘yicha sarflanadigan holda tashkil etiladi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda respublika komissiyasi qaroridan keyin, tanlov asosida, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan belgilangan hajmlarda jumladan, go‘sht, o‘simlik va hayvon yog‘i, shuningdek, ichki bozorda yetishmayotgan boshqa muhim oziq-ovqat mahsulotlarining import qilinishini qisqa muddatlarda ta’minladi.

Bozordagi rastalar - Sputnik O‘zbekiston
Eksportga yo‘l ochilishi narx-navoga ta’sir ko‘rsatadimi? - ekspert fikri

Jamg‘arma hisobidan import qilinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari 2018-yil 1-apreligacha bojxona to‘lovlaridan ozod etildi.

Respublikada ishlab chiqarilmaydigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari hamda ishlab chiqarish quvvatlarini yetarli darajada faoliyat yuritishini ta’minlashni hisobga olgan holda, qoramolchilik tarmoqlarining ehtiyojlarini to‘laqonli va sifatli qondirish maqsadida yem-xashak ishlab chiqarish uchun g‘alla, urug‘lik materiallar va boshqa xom ashyo resurslarini import qilishda bojxona stavkalarini kamaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kirish to‘g‘risida mutasaddi vazirlik va qo‘mitalarga topshiriq berildi.

Yangiliklar lentasi
0