TOShKENT, 8-avgust — Sputnik. Respublika aholisini hamonbop, arzon va sifatli go‘sht bilan ta’minlash maqsadida Polshadan katta miqdorda muzlatilgan go‘sht olib kelindi, deb xabar bermoqda Uznews.uz.
Xabarda aytilishicha, xorijdan olib kelingan muzlatilgan go‘sht Toshkent shahrining barcha bozorlaridagi (ularning umumiy soni 12 ta) "Elga xizmat" do‘konlariga hamda "Korzinka" supermarketining (Aviator, TTZ, Chilonzor, Yunusobod va boshqa filiallarida) filiallariga aholiga qulaylik yaratish maqsadida sifatli holda, qadoqlab (1,5-2,5 kg.) sotish uchun tarqatilgan.
Xabarga ko‘ra, Polshadan keltirilgan go‘sht hukumat tomonidan belgilangan imtiyozli arzonlashtirilgan narxda 21 000 so‘mdan sotilmoqda.
"Toshkent shahri bozorlaridagi mahalliy oriq mol go‘shtining narxi 32-35 ming so‘mni, lahm esa 40-45 ming so‘mni tashkil qilmoqda", deyiladi xabarda.