O‘zbekiston meva-sabzavotlari yagona brend ostida eksport qilinadi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishTorgovlya fruktami i ovoshami
Torgovlya fruktami i ovoshami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoning har bir mamlakatida UzAgro brendini ko‘rgan xaridorlar ekologik toza, yuqori sifatli va biologik hamda maza-ta’m xususiyatlari bo‘yicha boshqalardan ustun bo‘lgan bo‘lgan mahsulot sotib olishayotganiga ishonchlari komil bo‘ladi.

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. O‘zbekiston meva-sabzavotlar eksporti uchun yagona brend ishlab chiqdi. Bundan buyon respublikada yetishtirilayotgan barcha meva-sabzavotlar yagona UzAgro — tovar brendi ostida eksport qilinadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

"O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi rahbariyati fikriga ko‘ra, ushbu brend dunyoning istalgan nuqtasida, yetkizib berilayotgan mahsulotlarning yuqori sifatli ekanligining kafolati bo‘ladi. O‘zbekistonda yetishtirilgan va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Uzagro tovar belgisi ostida xalqaro bozorda o‘zining munosib o‘rnini topishiga xolding mutaxassislarining ishonchi komil.

"O‘zbekiston mahsulotlari yagona brend ostida samarali targ‘ib qilinganda, biz qisqa vaqt ichida yuqori natijaga erishamiz. Dunyoning har bir mamlakatida UzAgro brendini ko‘rgan xaridorlar ekologik toza, yuqori sifatli va biologik hamda maza-ta’m xususiyatlari bo‘yicha boshqalardan ustun bo‘lgan bo‘lgan mahsulot sotib olishayotganiga ishonchlari komil bo‘ladi. UzAgro — mahsulot eksportchilarini birlashtiruvchi kuchga aylanadi. Birgalikda biz birinchi bo‘lamiz", — dedi  "O‘zbekoziqovqatxolding" raisi
Tohirjon Jalilov.

Jalilov aytishiga qaraganda, ishlab chiqaruvchilar yangi, yagona brend ostida nafaqat o‘z mahsulotlarini savdoga chiqarishlari mumkin bo‘ladi, balkim ularga bir qator masalalarni hal qilishga yordam ham beriladi.

Mevalar rastasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston o‘z meva-sabzavotlarini yagona brend ostida eksport qiladi

"Masalan, bo‘lajak ekin ekish mavsumidayoq biz jahon bozorida kerakli bo‘lgan mahsulot miqdori va xususiyatlari borasida maslahat berishimiz mumkin. Saqlash va tashish xarajatlarini kamaytirishga yordam beramiz. Huquqiy yordam ham ko‘rsatatmiz. Ishonchili hamkorlar topishga ham yordam beramiz", — dedi Jalilov.

Kompaniya mutaxassilari fikriga ko‘ra, brendni rivojlantirish borasida strategik rejalar tuzish, kelajakda xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Bugungi kunda ortiqcha yoki kam hajmda mahsulot ishlab chiqarish, narx belgilashdagi tartibsizliklar, hamkorlar tanlashdagi xatolar, yetkizib berishning qimmat uslublari hamda qimmatga tushayotgan kreditlar va boshqalar eksportlar uchun qimmatga tushmoqda.

Yangiliklar lentasi
0