TOShKENT, 15 avg — Sputnik. "O‘ztreyd" kompaniyasi va Rossiyaning "La Mare" riteyleri Moskvada "UzTreyd LM" savdo uyini ochish bo‘yicha memorandum imzoladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri respublika tashqi savdo vazirligi matbuot-xizmatiga tayangan holda.
Xabarga ko‘ra, "Uztreyd" Rossiyaga fermerchilik va dehqonchilik mahsulotlari ekport qilinishini ta’minlaydi.
Mahkama matbuot-xizmatidagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya poytaxtida savdo uyining ochilishi sentabr oyi oxiri oktabr oyi boshlariga rejalashtirilgan. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, yil oxirigacha Rossiyaga 10 ming tonna barra, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavotlar eksport qilinishi kutilmoqda.
Kompaniya Moskvada to‘rtta, Sankt-Peterburg va Monakoda bittadan La Maree nomli restoranlarga ega. Shuningdek, Sankt-Peterburg, Janubiy Saxalin,Vladivostok, Yekaterinburg, Sochi, Murmansk va qator xorijiy davlatlarda o‘z ofislari va bo‘linmalariga ega.