Vazirlar 11-yillik ta’lim tizimiga o‘tish bo‘yicha Mirziyoyevga batafsil axborot berishdi

© Posolstvo Germanii v TashkenteO‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari
O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘ninchi sinf o‘quvchilari haftada besh kun umumta’lim fanlaridan saboq olishadi va 1 kun - kasblar bilan bog‘liq fanlarni o‘rganadilar. O‘ninchi sinflar uchun 8,5 million o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etilgan

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi va Oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbarlari O‘zbekistonda 11-yillik ta’limga o‘tish bo‘yicha tafsilotlarni ma’lum qildilar, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Muxbirga ko‘ra, bir kun oldin vazirlar Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan majlisda yangi tizim bo‘yicha barcha ma’lumotlarni taqdim etishgan.

Oxirgi qo‘ng‘iroq - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev buyrug‘i: Toshkentdagi maktabda 11-yillik ta’lim tizimi tiklanadi
Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovning so‘zlariga ko‘ra, 10-sinf o‘quvchilari haftada 5 kun umumta’lim fanlarini, 1 kun esa kasb bilan bog‘liq fanlarni o‘rganishadi. Kasb kollejlaridan olis masofada joylashgan 2703 maktablar uchun 1103ta maktabda o‘quv-ishlab chiqarish majmualari yaratiladi, 6956ta maktab uchun bu kabi majmualar — 615ta kollejlarda barpo etiladi.

"Maktablarda 10-sinflar ochilishi munosabati bilan 22 ming nafar o‘qituvchiga ehtiyoj tug‘ilmoqda. Shulardan 9,5 ming nafari oliy ta’lim maskanlari bitiruvchilari hisobidan komplektlashtiriladi, 13 ming nafarini esa litsey va kollejlar o‘qituvchilaridan jalb qilamiz. 10-sinflarda dars beradigan o‘qituvchilarning professional bilimlarini yangilash va chuqurlashtirish maqsadida joriy yil va kelgusi yilda 116 ming nafar pedagoglar qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini o‘tadilar", — deb qayd etgan Ulug‘bek Inoyatov.

Ayni vaqtda 10-sinf o‘quvchilari uchun 8,5 million nusxa darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashrdan chiqarilgan bo‘lib, ular shu kunlarda ta’lim muassasalariga yetkazib berilmoqda.

Interaktivnaya shkola v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston
10-11-sinflar ochilgan maktablar boshqa maktab o‘quvchilarini qabul qilmaydi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda oliy ta’lim maskanlarida bittadan akademik litseylarni ochish va ular faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Bu litseylarda o‘qish uchun iqtidorli va talantli yoshlar ajratib olinadi.

Mutaxassislar axborotini tinglagan Mirziyoyev, oliy ta’lim maskanlari o‘qituvchilarini haddan ziyod hisobot, turli burokratik topshiriqlardan xalos etish masalalarini hal etish kerakligini aytgan hamda boshlang‘ich ta’lim maskanlariga qator imtiyozlar berish kerakligini ta’kidlagan.

O‘zbekiston prezidenti shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi malaka oshirish institutida ta’lim mazmunini sifat jihatdan o‘zgartirish kerakligini aytib o‘tgan.

Mirziyoyev vazirliklar rahbarlariga joriy yilning 25-avgustiga qadar barcha ta’lim maskanlarini yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlash, qurilish-ta’mirlash ishlarini tugatish hamda ta’lim obyektlarini jihozlash ishlarini yakunlash bo‘yicha topshiriq bergan.

Yangiliklar lentasi
0