TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Kecha O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Majlisda xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov 10-11-sinflar tajriba tariqasida gumanitar va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda ochilishini ta’kidladi.
"Yangi ochilgan 10-11-sinflarda faqatgina ushbu tajriba qo‘llaniladigan maktab bitiruvchilari o‘qishlari mumkin, ya’ni 10-11-sinflar ochilmaydigan boshqa maktab o‘quvchilari ushbu maktablarga o‘ta olmaydilar", — deyilgan xabarda.
Vazirning ushbu qaroriga muvofiq maktab direktorlariga 10-11-sinflarga boshqa maktab o‘quvchilarini qabul qilmasliklari haqida kafolat xati yozib berishga ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda 3-iyuldan boshlab shahardagi barcha kollej va litseylarda, odatdagidek hujjat qabul qilish boshlanishi ham aytib o‘tildi.