Mirziyoyev buyrug‘i: Toshkentdagi maktabda 11-yillik ta’lim tizimi tiklanadi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishOxirgi qo‘ng‘iroq
Oxirgi qo‘ng‘iroq - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, xususan, Uchtepa tumanidagi 78 maktabda tajriba sifatida 11-yillik ta’limni qayta tiklash, uning qoshida o‘quv-kasb korxonasi tashkil etish zarurligini ta’kidladi

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Uchtepa tumanidagi 78-umumta’lim maktabini borib ko‘rdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali.

Xalqaro Press-klub yig‘ilishi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ta’lim sifatini nazorat qiluvchi inspeksiya ochiladi
Uchtepa tumanidagi 78-maktab 1967-yilda qurilgan. Maktabni qayta ta’mirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash rejalashtirilmoqda.

Mirziyoyev maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, xususan, ushbu maktabda tajriba sifatida 11-yillik ta’limni qayta tiklash, uning qoshida o‘quv-kasb korxonasi tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

"Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi, dedi davlatimiz rahbari. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois ta’lim jarayonining usluksizligini ta’minlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish zarur", — deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi" mavzuyidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Yoshlar Xalqaro sammiti - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi
"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala — bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgarapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim — yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz.

Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari — maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o‘z samarasini beradi.

Shu yerda 1-sinf o‘quvchilariga beriladigan "Prezident sovg‘asi" komplekti, maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar, xalq ta’limi muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash rejasi namoyish etildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0