KXDRga qarshi urushda AQShga Markaziy Osiyodagi vaziyatni izdan chiqarish muhim - ekspert

© AP Photo / Wong Maye-EBallisticheskie raketi na parade v Pxenyane. Severnaya Koreya
Ballisticheskie raketi na parade v Pxenyane. Severnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koreyaga qarshi urushga tayyorgarlik jarayonida Markaziy Osiyodagi rejimlarni amerikaparastlarga almashtirish yoki mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarish AQSh uchun o‘ta muhim hisoblanadi, deb hisoblaydi ekspert

Rostislav Ishenko, Tizimli tahlil va taxmin qilish markazi prezidenti, Sputnik uchun

AQSh Shimoliy Koreya bilan urush arafasida turibdi. Xitoy agar Kim Chen In birinchi bo‘lib raketa zarbasi bermasa, Pxenyanning tarafini olishga va’da berdi. Yevropa keng miqyosdagi jahon urushiga aylanib ketishi mumkin bo‘lgan nizodan o‘zini oqilona ravishda chetga oldi. Koreyaga zarba berishga hal qiluvchi qarorni qabul qilish uchun AQShga Rossiyaning nizoda Xitoy tarafida turmasligi haqidagi kafolati yetishmayapti. Agarda NATOning yevropalik ittifoqchilari ehtimoliy yadroviy nizo maydonidan qo‘rqib qochib ketishmaganida, buning o‘rniga yaponlarga o‘xshab AQSh manfaatlari uchun o‘lishga ham tayyor ekanliklarini bildirishganida hammasi tushunarli bo‘lardi.

Amerika bayrog‘i, Vashington - Sputnik O‘zbekiston
AQSh KXDRga qarshi chora ko‘rish bahonasida Rossiya portlari ustidan nazorat o‘rnatmoqchi

Amerika qo‘shinlari tomonidan kuchaytirilgan Yevropa Rossiyaning g‘arbiy chegaralarida taranglik keltirib chiqargan, Boltiqbo‘yi va Ukrainadagi guruhlar harbiy hujum tahdidi ostida Rossiya kuchlarini G‘arbga e’tibor qaratishga majbur qilgan bo‘lardi. Bir vaqtning o‘zida ikkita frontda urush qilishga Rossiyaning kuchi yetmasligi aniq, shu bois AQSh Uzoq Sharqda o‘zini nisbatan erkin his qilgan bo‘lardi. Xitoy esa bir o‘zi Amerikaga qarshi kurashishdan ma’no bormi deya yaxshigina o‘ylanishga majbur bo‘lardi. Amerikaliklar Xitoyni egallab ololmasliklari tayin va AQShga bundan katta zarar yetadi, lekin Osmonosti mamlakati ham dahshatli insoniy va iqtisodiy yo‘qotishlarga duchor bo‘ladi. Mamlakat Manjuriya sulolasining so‘nggi davrlariga qaytadi.

Lekin yevropaliklar amerikaliklar manfaati uchun "sharaf" yo‘lida tavakkal qilishdan qochishdi va amerikaliklar ularni hozircha bu fikrlaridan qaytara olishmayapti. Aksincha, Yevropa AQShni universal g‘arb qadriyatlarini unutishda borgan sari ko‘proq ayblayapti.

Bu o‘rinda Shtatlarga urush zarur. Agarda kuchli va qo‘rqinchli, lekin xavfli bo‘lmagan raqib ustidan g‘alabaga erishiluvchi qisqa urush bo‘lmasa, Amerika shundoq ham yanvar-fevralda Vashington va Nyu-Yorkda boshlangan, hozirda AQSh janubida avj olayotgan fuqarolar urushi girdobida qolishi mumkin. Tashqi urush Amerika jamiyatini birlashtirishi, uning birdamligini qaytarishi lozim. Shu bilan bir vaqtda Qo‘shma Shtatlarning kuchini ham ko‘rsatishi kerak.

Shuning uchun mazkur vaziyatda qurbon sifatida qandaydir Liviya yoki Serbiya emas, raketa-yadroli KXDR tanlandi. Dushman jiddiy, qurbonlar yetarlicha (lekin juda ko‘p emas) bo‘lishi kerak, aks holda jamiyat xavf oldida birlashmaydi.

Lekin urush davomli bo‘lmasligi kerak. Uzoq muddatli nizoga na AQSh iqtisodiyoti, na amerikaliklar ruhiyati dosh beradi. Shu bilan birga, Xitoy rejadan chiqarilishi lozim. Uni bir-ikki oyda biroqli qilish qiyin.

KXDRda Kim Ir Senning 105-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan harbiy parad - Sputnik O‘zbekiston
AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya Mudofaa vazirliklari KXDR bo‘yicha majlis o‘tkazdi

KXDRning yo‘q qilinishi mazkur mintaqada Amerika yakkahokimligini o‘rnatilishiga hech kim raqobat qilolmaydigan darajada Xitoyning Janubi-sharqiy Osiyodagi nufuzi va obro‘sini yetarlicha ravishda to‘kadi. Xitoyga ta’sirli bosim o‘tkazish uchun esa uni Rossiya qo‘llab-quvvatloviga bo‘lgan umididan mahrum qilish kerak.

Yevropa bu yerda yordam bermayotganligi bois yagon samarali usul qoldi – Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi aloqalarni uzish. Buning uchun esa Markaziy Osiyo ustidan nazorat kerak. Harbiy istilo, bombardimon emas, aynan nazorat.

Sahroda yo‘llarni bombardimon qilishning imkoni yo‘q. Yo‘q qilingan joyni aylanib o‘tish mumkin (qayta tiklashga ham ko‘p vaqt ketmaydi). Siyosiy hukumatni Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi barcha aloqalar uchun o‘z makonini yopadigan hukumatga almashtirish kerak. Transsib va BAM Qozog‘iston hududida zaif. Mongoliya orqali aloqani ham Qozog‘iston tomondan yopish mumkin. Shunday qilib, Rossiya-Xitoy aloqalarini uzishning kaliti Qozog‘iston ustidan nazorat o‘rnatishda.

O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston esa Rossiya, Xitoy, Eron (jumladan, Afg‘oniston orqali o‘tuvchi janubiy yo‘l) uchburchagidagi qisqa kommunikatsiyalarni to‘sish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.

Shu sababli Koreyaga qarshi urushga tayyorgarlik jarayonida Markaziy Osiyodagi rejimlarni amerikaparastlarga almashtirish yoki mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarish AQSh uchun o‘ta muhim hisoblanadi.

Biroq mazkur holatda vaqt omili AQShga qarshi bo‘lmoqda. Urush yoki tinchlik haqidagi qarorni yaqin kunlarda qabul qilish kerak (ko‘pi bilan bir haftada). Bu vaqt ichida Markaziy Osiyodagi hech bo‘lmasa bitta davlatda to‘laqonli rangli davlat to‘ntarishini tashkil qilish texnik jihatdan imkonsiz.

Buning ustiga, mahalliy siyosat elitasi norasmiy bo‘lsa-da ittifoqchilar (Rossiya, Eron, Xitoy) uchburchagi ichida turgan holda AQSh tarafida bo‘lib ularga qarshi chiqish nomaqbul ekanligini tushunishadi. Shunday ekan, hozirda mazkur tizim a’zolaridan foydalanish qiyin. Saroy to‘ntarishi emas, to‘laqonli isonni amalga oshiradigan tizimsiz muxolifatni tayyorlash zarur. Bunga esa uzoq vaqt ketadi.

Gosdep podtalkival Uzbekistan k konfliktu s Kirgizstanom — Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
AQSh O‘zbekistonni Qirg‘iziston bilan mojaro boshlashga undagan - Atambayev

Hozircha AQSh KXDRni birinchi bo‘lib zarba berishga gijgijlamoqda, zero Pekin agar Pxenyan birinchi bo‘lib hujum qilsa, XXR uning tarafini olmasligini bildirgan. Vashington o‘ziga nisbatan hujumni sahnalashtirishi mumkin. Harholda, agressiv murojaatlarning kuchayishi va Amerika qo‘shinlarining harakatlari AQShni tavakkal qaror chiqarishga va harbiy harakatlar teatriga tayyorgarlik ko‘rilmaganligiga qaramasdan Shimoliy Koreyaga zarba berishga yaqinlashtirmoqda.

Agar AQSh tavakkal qilsa (bu yaqin kunlarda aniq bo‘ladi), jangovar harakatlar qanday tarzda rivojlanmasin, Markaziy Osiyo ularning rejasidan chiqariladi (Rossiya-Xitoy harbiy tranziti bundan mustasno). Uning taqdirini yangi dunyoviy tuzum o‘rnatish doirasida g‘olib chiqqan tomon hal qiladi.

Agar AQSh Koreyaga qarshi hujumni kechiktirsa hamda Rossiya va Xitoyning nizoga aralashuvini istisno qilgan holda harbiy harakatlar teatridagi qisqa muddatli g‘olibona urushga tayyorgarlik ko‘rishga qaror qilsa, u holda yaqin oylarda barcha Markaziy Osiyo davlatlarida vaziyatni izdan chiqarish boshlanadi. Bunda shuningdek, Liviya, Suriya, Yaman, Afg‘oniston (terrorchilar mag‘lubiyatga uchrayotgan hududlar)dagi agressiv jangarilar yordamidan ham foydalaniladi.

Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farqlanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0