TOShKENT, 5-may — Sputnik. Amerika kongressi tomonidan Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi cheklovlar kiritilishi loyihasi ma’qullandi. Ushbu huja AQShga Uzoq Sharqdagi Rossiya portlari ustidan nazorat o‘rnatish huquqini berishi mumkin.
O‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun kongressning aksariyat a’zolari — 419 kishi tomonidan ma’qullangan. Faqat bir nafar parlamentariy qarshi ovoz bergan.
AQSh Kongressi KXDR bilan har qanday moliyaviy operatsiyalarga ta’qiqni tasdiqlagan. Bundan tashqari, endilikda Amerika kompaniyalari agar hukumat bu Pxenyan manfaatlariga xizmat qiladi degan qarorga kelsa, Shimoliy Koreya fuqarolarini ishga qabul qila olmaydi.
Kongressmenlar faqatgina amerika kompaniyalari harakatlari haqida emas, KXDRning boshqa mamlakatlar bilan hamkorligi haqida ham qayg‘urishgan.
Hujjatda BMT XK rezolyutsiyalarini buzadigan chet el portlarining "alohida nazorati" to‘g‘risida bo‘lim mavjud.
Kiritilgan tuzatishlarga muvofiq, AQSh prezidenti qonun kuchga kirishidan so‘ng 180 kun o‘tib, va qonun kuchga kirgach besh yil davomida qoidalarni buzadigan port va aeroportlar haqida kongressga hisobot topshirib turishi lozim.
Kongressmenlar ushbu ro‘yxatga Xitoy, Eron, Suriya (Tartus va Latakiya) portlarni ham kiritganlar.
Endilikda ushbu qonun senat tasdig‘idan o‘tishi lozim, shundan so‘ng hujjat Donald Trampga imzolanish uchun topshiriladi.
BMT Xavfsizlik kengashi 2006-yildan buyon Pxenyanni yadro va raketalar ishlab chiqarishdan voz kechdirish uchun oltita rezolyutsiyalarni qabul qildi. Shulardan oxirgi ikkitasi — 2270 va 2321 raqamdagilari — 2016-yilda qabul qilingan bo‘lib, Shimoliy Koreyaga nisbatan kiritilgan cheklovlarni yanada kuchaytirdi.
O‘shanda BMT Xavsizlik kengashi savdo, tabiiy qazilmalar eksporti, qurol sotib olish va bank sektorlari sohasida ta’qiqlarni kiritgan edi.