AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya Mudofaa vazirliklari KXDR bo‘yicha majlis o‘tkazdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishKXDRda Kim Ir Senning 105-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan harbiy parad
KXDRda Kim Ir Senning 105-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan harbiy parad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Shimoliy Koreya harakatlariga qarshi harbiy yo‘sin bilan javob qaytarish mumkinligi variantini inkor etmagan holda, Pxenyanni sanksiyalar bilan "jilovlab" turishga ko‘proq urg‘u berishga bel bog‘lagan

TOShKENT, 3-may — Sputnik. AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya Mudofaa mahkamalari Shimoliy Koreya bo‘yicha majlis o‘tkazishdi. Tadbir teleanjuman rejimida o‘tgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda ta’kidlanishicha, bu haqda Pentagon bayonotida aytilgan. Majlis dushanba kuni o‘tkazilgan, deb aniqlik kiritgan Pentagondagilar.

Shimoliy Koreyadagi harbiy parad - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Shimoliy Koreya bilan "katta mojaro" bo‘lishi ehtimoli haqida gapirdi
Amerika delegatsiyasini AQSh Mudofaa vazirining Sharqiy Osiyo bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Kris Jonston boshqargan.

"AQSh Janubiy Koreya va Yaponiya xavfsizligi borasidagi pozitsiyasi qat’iyligini tasdiqladi", — deyilgan Pentagon bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida BMT Xavfsizlik kengashi KXDR bo‘yicha maxsus kengash o‘tkazgach, oradan bir necha soat o‘tib Shimoliy Koreya navbatdagi ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi. Kengash davomida AQSh KXDR izolyatsiyasini kuchaytirish zarurati haqida gapirib, hozirda amalda bo‘lgan sanksiyalarni kuchaytirishga va yangi cheklovlar kiritishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan, Janubiy Koreya esa mana shunday provokatsiyaga oid harakatlari bilan KXDR BMT a’zosi bo‘lib qolishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rishni taklif qilgan.

Sal oldin AQSh prezidenti Donald Tramp Blumberg agentligiga bergan intervyusida KXDR yetakchisi bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0