Qirg‘iziston o‘zbek avtomobillarini sotib olishga tayyor – Jeenbekov

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston bosh vaziri ikki davlat o‘rtasidagi barcha to‘siq va cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha ish olib borish zarurligini bildirdi

TOShKENT, 16-avgust — Sputnik. Qirg‘iziston O‘zbekistondan avtomobillar sotib olishdan manfaatdor, dedi Qirg‘iziston hukumati rahbari Sooronbay Jeenbekov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qirg‘iz-o‘zbek hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov pribil s rabochim vizitom v Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripov o‘zbek-qirg‘iz aloqalarini mustahkamlovchi tadbirlarni taklif qildi

Jeenbekovning aytishicha, komissiyaning so‘nggi yig‘ilishidan buyon oradan sakkiz yil vaqt o‘tgan. Shu bois Qirg‘iziston O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi ustuvorligi Markaziy Osiyo ekanligi haqidagi so‘zlarini iliq qarshi oldi.

"Qirg‘iziston bilan hamkorlikni faollashtirish uchun qulay muhit yaratildi, masalan, Umumiy imtiyozlar tizimi plyus (VSP+) yoki Yevroittifoq va YeOIH bozorlariga bojsiz chiqish kabi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish zarur. Biz ikki xalqning rivojlanishi to‘siq va cheklovlar olib tashlanishiga bog‘liq degan xulosaga keldik", — dedi Qirg‘iziston bosh vaziri.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, u va uning o‘zbekistonlik hamkasbi chegaradagi o‘tkazish punktlarini ochish, tranzit yuklarini o‘tkazish va o‘zaro loyihalar yaratish zarurligini e’tirof etishgan.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vstretilsya s prezidentom Kirgizstana Almazbekom Atambayevim - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev Mirziyoyevning sa’y-harakatlarini yuqori baholadi

"Mahsulot ayirboshlash 1,8 baravarga oshdi, lekin shu bilan chegaralanib qolmoqchi emasmiz. Biz O‘zbekistondan mineral resurslar, paxta xomashosi, avtomobilsozlik mahsulotlari, tibbiy ashyo va dori-darmonlar sotib olishga tayyormiz. O‘z navbatida Qirg‘iziston ham O‘zbekistonga oziq-ovqat va qayta ishlab chiqarish sanoati mahsulotlari, go‘sht-sut hamda to‘qimachilik va boshqa mahsulotlarni eksport qila oladi. Barcha to‘siq va cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha ish olib borish zarur", — dedi Jeenbekov.

U ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha davlat organlari faol ish olib borayotganligini qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0