Jamiyat

Atambayev Mirziyoyevning saʼy-harakatlarini yuqori baholadi

© Ofitsialnыy sayt prezidenta KR / Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vstretilsya s prezidentom Kыrgыzstana Almazbekom Atambayevыm
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vstretilsya s prezidentom Kыrgыzstana Almazbekom Atambayevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Almazbek Atambayev Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qirgʻiz-oʻzbek hamkorligini mustahkamlashdagi ulkan hissasini eʼtirof etdi

TOSHKENT, 16 avgust — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Bishkekda Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan uchrashdi. Bu haqda Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Nachalis peregovorы premyerov Kыrgыzstana i Uzbekistana v Bishkeke - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bishkekda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston bosh vazirlari muzokarasi boshlandi

Qirgʻiziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov ham ishtirok etgan mazkur uchrashuvda ikki davlat oʻrtasida turli sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Almazbek Atambayev Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qirgʻiz-oʻzbek hamkorligini mustahkamlashdagi ulkan hissasini eʼtirof etdi va Oʻzbekiston hukumati rahbarining mazkur tashrifi doʻstlik va ahil qoʻshnichilik, oʻzaro hamkorlik tamoyillari asosidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga turtki boʻlishiga ishonch bildirdi.

Abdulla Aripov Almazbek Atambayevga Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazdi va mamlakat hukumati Qirgʻiziston bilan doʻstlik va ahil qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash yoʻlida davom etishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib oʻtamiz,Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bugun Bishkekka yetib keldi. U Qirgʻiziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov bilan ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hamda davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha hukumatlararo komissiyalari yigʻilishini oʻtkazadi.

 

Yangiliklar lentasi
0