Viloyatlarda fuqarolar ish bilan ta’minlanmoqda

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishRabota Kombinata stroitelnix materialov
Rabota Kombinata stroitelnix materialov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan mehnat yarmarkalarda 2,5 ming ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston qator viloyatlarida mehnat yarmarkalari bo‘sh o‘rinlar taklif etilmoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.

Quruvchilar - Sputnik O‘zbekiston
Quruvchi ustalar, shtukaturlar va betonchilar Rossiyaga ishga taklif etiladi

Jumladan, Surxondaryo viloyati tuman va shaharlarida o‘tkazilayotgan mehnat yarmarkalarida 2,5 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi yarmarkasida esa pedagoglar va oliy ta’lim muassasalarini bitirgan yosh mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Birgina Termiz shahrida tashkil etilgan shunday yarmarkada 140 kishi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga qabul qilindi.

Navoiy viloyati Karmana tumanida ishsiz ayniqsa, mehnat bozoriga ilk marotaba kirib kelayotgan kasb-hunar kollejlari bitiruvilarining bandligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan yarmarkada 92 ta korxona, tashkilot va muassasa jami 331 ta, shundan oliy ma’lumotli fuqarolar uchun 116 ta, o‘rta-maxsus ma’lumotga ega fuqarolar uchun 90 ta, o‘rta ma’lumotli fuqarolar uchun 125 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, tuman hududidagi ish bilan band bo‘lmagan 194 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi. Ulardan 45 nafari kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, 65 nafari uyushmagan yoshlar, 84 nafari esa ishsiz fuqarolarni tashkil etadi. Yarmarka yakuniga ko‘ra, 139 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

Zamestitel predsedatelya Narodnogo obrazovanie Alisher Sadullayev - Sputnik O‘zbekiston
Vazir o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev ishga qabul qilish bo‘yicha e’lon berdi
Andijon viloyati Andijon tumanida 14 ta korxona, tashkilot va muassasa ish bilan band bo‘lmagan aholiga o‘zida mavjud 616 ta bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etdi.

Shuningdek, tadbir doirasida 80 nafarga yaqin yarmarka ishtirokchilariga tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi mas’ul xodimlari tomonidan mehnat munosabatlari yuzasidan xuquqiy maslahat, tushuntirishlar hamda 32 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi saytida (ish.mehnat.uz) 5000 ta bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot mavjud. Saytning Interaktiv xizmatlar bo‘limi orqali mos lavozimga taklif olish va ishga joylashishda yordam olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0