TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari qoshidagi tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi o‘zbekistonlik g‘isht teruvchi ustalar, shtukaturlar va betonchilarni Rossiyaga ishga taklif qilmoqda.
Barcha bo‘sh ish o‘rinlariga 25-50 yoshdagi erkaklar taklif etilmoqda. Ish haqi 40 ming rubl va undan yuqori. Ish tartibi 6 kun ish, bir kun dam. Ish vaqti soat 8.00dan 20.00ga qadar.
Ish beruvchi yashash, ovqat, ish joyigacha yetib kelish harajatlarini o‘z zimmasiga oladi. Shunngdek, patentga to‘lanadigan pullar va Rossiyagacha bilet puli ham ish beruvchi zimmasidan qoplanadi.
Batafsil ma’lumotlarni Toshkentdagi: +998 71 202 33 44, +998 71 202 33 55, +998 71 202 33 66, +998 71 202 33 88, +998 71 202 33 99 telefon raqamlari, shuningdek, tashqi mehnat migratsiyasining viloyatlardagi filiallari orqali bilib olish mumkin.