TOShKENT, 15 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni Xitoy tomonidan Amerikaga tegishli intellektual mulkning talon-taroj qilinishi masalasini o‘rganishga buyruq berganini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Amerika yetakchisi "rasmiy Vashington adolatli savdo-sotiqni ta’minlash uchun qoidalarni murakkablashtirishga tayyor" deya ta’kidlab o‘tgan.
"Bu katta qadam, ammo bu faqat boshlanishi", — degan Tramp.
Intellektual mulk huquqining buzilishi masalalarida Amerika tomonidan Xitoyga nisbatan tergov ishlari boshlanishi Vashington va Pekin o‘rtasida "savdo urushi" yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin, deb izohlamoqda vaziyatni China Daily nashri.
Eslatib o‘tamiz, intellektual mulk qoidalari buzilishiga doir masalalar bo‘yicha Xitoyga nisbatan tergov ishlari boshlanishi haqidagi xabarlar o‘tgan hafta tarqalgan edi.
Bu esa o‘z navbatida Xitoy mahsuloti uchun import bojlari o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Bir necha kun oldin, 29-iyul kuni, Tramp o‘zining Twitterdagi akkauntida Shimoliy Koreya muammosini hal qilish masalasida Xitoy tomonidan bo‘layotgan harakatsizliklan "o‘ta taassufda" ekanligini yozgan edi.