TOShKENT, 11 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp XXR raisi Si Szinpinga, Xitoy bilan savdo kelishuvi shartlari Pekinning "KXDR muammolarini" hal qilishga tayyorligi bilan bog‘liq bo‘lishini aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Men XXR raisiga agar ular Shimoliy Koreya muammosini hal qilishsa, AQSh bilan tuziladigan savdo bitimi ular uchun yanada yaxshi bo‘lishini tushuntirdim", — deb yozgan Amerika prezidenti o‘zining Twitter dagi akkauntida.
North Korea is looking for trouble. If China decides to help, that would be great. If not, we will solve the problem without them! U.S.A.
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) 11 aprelya 2017 g.
Tramp shuningdek, agar Pekin yordam berishdan bosh tortsa, AQSh "KXDR muammosini" mustaqil hal etishga tayyorligini bildirgan. "Shimoliy Koreya "muammo izlayapti". Agar Xitoy bizga yordam bersa zo‘r ish bo‘lar edi. Agar rad etsa, bu muammoni ularsiz hal qilamiz", — deb yozgan Amerika yetakchisi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp va XXR Raisi Si Szinpin 6-7 aprel kunlari Floridada uchrashishgan edi.