Mutaxassis: O‘zbekiston meva-sabzavotlari Rossiya bozorida arzonlashadi

© SputnikMagomed Musayev
Magomed Musayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunga sabab - “O‘zagroeksport” monopoliyasi va valyuta tushumining 25%ni davlatga sotish kabi majburiyatlarining olib tashlanishi.

 

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Yevroosiyo oziq-ovqat platformasidagi O‘zbekiston vakolatxonasining rahbari Magomed Musayev Sputnik bilan bo‘lgan suhbatda  O‘zbekiston qonunchiligidagi to‘siqlarning olib tashlanishi Rossiya bozori O‘zbekiston mahsulotlarining arzonlashuviga olib keladi, dedi.

Sentralniy rinok v Voroneje - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va RF meva-sabzavot yetkazib berish bo‘yicha 612 mln $lik shartnoma imzoladi

Musayev aytishiga qaraganda bugungi kunda Yevroosiyo oziq-ovqat platformasida 20ga yaqin o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular meva sabzavot yetishtirish, ularni qayta ishlash, konservalan va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Oldin O‘zbekiston qonunchiligida meva-sabzavot eksport qilishda “O‘zagroeksport” monopoliyasi va valyuta tushumining 25%ni davlatga sotish kabi majburiyatlar eksportchilarni mahsulot narxini oshirishga majbur qilar edi.  

Mutaxassis fikriga ko‘ra, ushbu to‘siqlar olib tashlanishi, eksportchilar imkoniyatlarini kengaytirib, Rossiya bozorida O‘zbekiston mahsulotlarini arzonlashishiga olib keladi. 

 

Musayev: ustranenie baryerov privedet k rostu eksporta iz Uzbekistana

 

Yangiliklar lentasi
0