Xalq ta’limi vaziri yangi o‘quv yilidagi muhim o‘zgarishlar haqida aytib berdi

© anons.uzUlugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya
Ulugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazir, xususan, yangi o‘quv yilida qanday fanlar yangi dasturlar asosida olib borilishini, 10 sinflar uchun tayyorlanayotgan yangi darsliklar hamda birinchi sinflarda bolalar soni haqida so‘zlab berdi.

TOShKENT, 10-avgust — Sputnik. O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov yangi o‘quv yili, fuqarolar talab va istaklaridan kelib chiqqan holda, yangi o‘zgarishlar bilan boshlanayotganini Uzbekiston24 telekanaliga so‘zlab berdi.

Vazir, xususan,  matematika, kimyo, fizika, biologiya fanlari yangi dastur va metodlar asosida o‘tilishini, shuningdek, ingliz tili Yevropa ta’lim standarti asosida olib boriilishini hamda "Mehnat ta’limi" fani yangi o‘quv yilidan boshlab "Texnologiyalar" deb atalib yangi,  takomillashtirilgan dastur asosida olib borilishi haqida so‘zlab berdi. 

Natsionalniy universitet Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston
Milliy universitetning 10 ta fakultetida qo‘shimcha sirtqi bo‘limlar ochildi

Undan tashqari, ushbu yildan boshlab birinchi sinflarda bolalar soni 35 nafardan ko‘p bo‘lmasligi ham belgilangan.

Yangi o‘quv yilining asosiy yangiliklaridan biri esa, bu — umumta’lim maktablarida 350 mingdan ortiq o‘quvchilar 10 sinfda o‘qishni davom ettirishi bo‘ladi. Shu sababli bugungi kunda nashriyotlarda 10 sinflar uchun 12 fan bo‘yicha yangi reja asosida tuzilgan darsliklar nashrga tayyorlanmoqda.

Vazir aytishiga qaraganda, ushbu darsliklarni tayyorlashda, jahon tajribasi izchil o‘rganib chiqilgan. Ayniqsa Rossiya, Qozog‘iston va Buyuk Britaniya o‘quv rejalari, fan dasturlari chuqur o‘rganib chiqilib, tahlil qilingan. 

"Birinchi navbatda o‘zimizda amaldagi davlat ta’lim sifatlari, bundan avval o‘qitilgan 10-11 sinflar hamda hozirgi kunda o‘qitilayotgan litsey va kollejlardagi umumta’lim fanlarini dasturlari, 11-yillik ta’lim joriy etilgan davlatlar — Rossiya, Qozog‘iston hamda Buyuk Britaniyaning o‘quv rejalari, fan dasturlari tahlil qilinib, yangi dasturlar tayyorlandi", — dedi ta’lim vaziri. 

Perviy zamestitel ministra visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya respubliki Inomjon Majidov - Sputnik O‘zbekiston
Vazir Majidov: test imtihonlari javobi 15-avgustgacha qolmay e’lon qilinadi

Bu yil 650 ming nafar o‘g‘il-qiz birinchi sinfda o‘qishni boshlaydi. Ularni har biriga 12 turdagi o‘quv qurollari va o‘quvchilik portfeli tayyorlab qo‘yilgan. Shuningdek, 1-sinfga kelayotgan o‘quvchilar har yili yangidan nashr etiladigan 12 nomdagi darsliklar bilan ham ta’minlanadi.

Undan tashqari, yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 10-avgustdan 10-sentabrga qadar O‘zbekistonning 1300 dan ortiq hududlarida maktab yarmarkalari tashkil etiladi. Unda 26 turdagi zaruriy o‘quv qurollari va jihozlari sotuvga chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0