Rossiya TIV AQSh o‘z harbiylarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishini talab qilmoqda

Obuna bo‘lish
"AQSh armiyasi qo‘lidan hech narsa kelmasligi sababli ular Afg‘onistonni tark etishlari lozim. Amerikaning Afg‘onistondagi kampaniyasi mag‘lubiyatga yuz tutdi", deydi Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Amerika hukumati Afg‘onistondan o‘z harbiy kontingentini olib chiqib ketishi va bu bilan Vashingtonning ish bermagan kampaniyasiga nuqta qo‘yishi lozim. Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya Tashqi ishlar mahkamasining ikkinchi Osiyo departamenti rahbari Zamir Kabulov "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida shunday bayonot bilan chiqish qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"AQSh armiyasi qo‘lidan hech narsa kelmasligi sababli ular Afg‘onistonni tark etishlari lozim. Amerikaning Afg‘onistondagi kampaniyasi mag‘lubiyatga yuz tutdi", — deya iqtibos keltirgan diplomat so‘zlaridan "Izvestiya" nashr.

Kabulov, shuningdek, Rossiya Amerikaning Vashingtondagi doimiy armiyasi o‘rnini xususiy kompaniyalarning yollangan askarlari egallashiga qarshi ekanligini qo‘shimcha qildi.

US Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Afg‘onistondagi urushda yengildi - Makkeyn
"Bu holat hech qanday yaxshilikka olib kelmaydi: yollanganlar shunchaki qochib ketishadi", — deb ta’kidladi diplomat.

Sal ilgariroq OAVlarda Amerika hukumati shtatdagi, Afg‘oniston hududida faoliyat yurituvchi harbiylarni yollanma askarlarga almashtirishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eng yirik xususiy harbiy kompaniya — Academi rahbari Erik Prins — Afg‘onistonda 5,5 ming nafar yollangan askarlarni va 90ga yaqin harbiy samolyotlarni joylashtirish taklifini bergan.

OAVlar taxminiy bahosi bo‘yicha ushbu rejani amalga oshirish Vashingtonga o‘n milliard dollarga tushishi mumkin.
"Bularning barchasi mustamlakachilar siyosatiga o‘xshab ketmoqda", — deydi Kabulov.

Vashingtonning Afg‘onistonga qilgan sarf- xarajatlari

Vashington Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash dasturiga umumiy hisobda 76 milliard dollar sarflagan. Bu haqda AQSh Hisob palatasi bayonotida aytilmoqda.

Amerika habiylari - Sputnik O‘zbekiston
AQSh 2017-yilda Afg‘onistonni "ID"dan ozod qilmoqchi

Bu pullar, xususan, 600 ming dona o‘qotar qurollar, 76 ming dona transport vositalari, 208ta vertoletni yetkazib berish uchun sarflangan.

Undan tashqari, Afg‘oniston harbiylari 30 ming dona portlovchi qurilmalarni zararsizlantiradigan 30 ming dona qurilma, razvedka faoliyatini olib borishda foydalaniladigan 16 mingta apparat, shu jumladan, dronlarni qo‘lga kiritgan.

Yangiliklar lentasi
0