TOShKENT, 2-may — Sputnik. AQSh joriy yilda Afg‘oniston hududlarini "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi jangarilaridan xalos etishga bel bog‘lagan. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlar vakili Bill Salvindan olingan ma’lumotga tayangan holda Frans Press agentligi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ilgari mintaqada "ID" jangarilari soni 2,5-3 ming nafargacha yetgan, ammo endi janglardagi yo‘qotishlar va "dezertirlik" holatlari tufayli ular soni 800 nafarga kamaygan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh 2001-yilda Afg‘onistonda "Tolibon" harakati jangarilariga qarshi harbiy operatsiya boshlagan. Hozirgi kunda ushbu davlatda 8,4 ming atrofida amerikalik harbiy kuchlar mavjud. Ular asosan tolibon va "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi jangarilariga qarshi kurashishda mahalliy hokimiyat xavfsizlik kuchlariga yordam bermoqda.
Vashington ta’kidiga ko‘ra, zarba "Islom davlati" jangarilari harakatlanadigan tunel tizimlariga berilgan. "Zarba terroristik uyushmani yo‘q qilishga qaratilgan va’daga sodiqlik namoyishi belgisi", deb ta’kidlangan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.