O‘zbekistonda zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i bekor qilinadi

© Press-slujba Ministerstva Finansov RAKontrabanda zolota
Kontrabanda zolota - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni olishi tartibi ham o‘zgardi

TOShKENT, 12-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori e’lon qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2018-yil 1-yanvardan chakana savdo tarmog‘ida sotiladigan zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i bekor qilinishi soha rivojlanishida muhim omil bo‘ladi.

Taqinchoq - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy koreya Toshkentda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxona ochmoqchi

Bundan tashqari, 2020-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar zargarlik buyumlarini sotishda, jumladan eksportga sotishda bo‘shaydigan mablag‘larni ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga, shuningdek aylanma mablag‘larini to‘ldirishga maqsadli yo‘naltirgan holda aksiz solig‘i va QQS to‘lamaydigan bo‘ldi.

Shu bilan birga, 2017-yil 1-oktabrdan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho metallardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarish Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Davlat asillik darajasini belgilash palatasining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi bekor qilinmoqda.

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni olishi tartibi ham o‘zgardi. Endilikda vakolatli tijorat banklariga Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadigan shakllar bo‘yicha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish hajmlarini ko‘rsatgan holda ishlab chiqaruvchining qimmatbaho metallarga bo‘lgan ehtiyojini ko‘zda tutadigan buyurtmalar yuboriladi. Vakolatli tijorat banklari ishlab chiqaruvchilarning zargarlik buyumlariga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, Markaziy bankka zarur hajmlarda qimmatbaho metallarni ajratish to‘g‘risidagi buyurtmani yuboradi.

Oltin taqinchoqlar - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda 5 kilo oltin taqinchoqlar davlat foydasiga musodara qilindi

Markaziy bank vakolatli tijorat banklari buyurtmalariga asosan plastina ko‘rinishidagi vazni 100 grammdan boshlanadigan qimmatbaho metallarni milliy valyutaga to‘liq oldindan to‘lov shartlarida London qimmatli metallar birjasining ertalabki fiksing narxidan kelib chiqib ajratadi (qimmatbaho metallarning sof og‘irligiga qayta hisoblab).

Vakolatli tijorat banklari zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni qayta sotish huquqisiz, 1%dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda marja undirgan holda sotadi.

Markaziy bank shu yilning 1-oktabrigacha bo‘lgan muddatda respublika hududlarida belgilangan tartibda zargarlik buyumlarining asillik darajasini belgilash va tamg‘alashni amalga oshiradigan Davlat asillik darajasini belgilash palatasining filiallarini tashkil etadi.

Shuningdek, banklar ham tegishli imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ular 2020-yil 1-yanvargacha qimmatbaho metallarni sotish borasida QQS va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etildi.

Yangiliklar lentasi
0