Samarqandda 5 kilo oltin taqinchoqlar davlat foydasiga musodara qilindi

© Foto : PUBLIC DOMAINOltin taqinchoqlar
Oltin taqinchoqlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand xalqaro aeroportida qimmatbaho taqinchoqlarni jomadon tutqichlari va ayollar sumkasi ichiga yashirib chetga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan kontrabandistlar qo‘lga olindi. Qimmatbaho yuk Moskva orqali Hindistonga yetkazib berilishi rejalashtirilgan bo‘lgan

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Samarqand xalqaro aeroporti aviatsiya xavfsizligi xizmati va huquqni muhofaza qilish organlari  xodimlari yaqinda yirik miqdordagi oltin taqinchoqlarning O‘zbekiston hududidan olib chiqilishiga chek qo‘ydilar, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Oltin taqinchoqlar - Sputnik O‘zbekiston
Ichki kiyimga yashiringan oltin: "Manas" aeroportida qozog‘istonlik ayol qo‘lga olindi
Bojxona nazorati amalga oshirilishi davomida Rossiyaga yo‘l olgan O‘zbekiston fuqarolari: U. Xudoyberdiyev, M. Zokirova, M. Xolbekova va Z. Haydarova(ism va familiyalar o‘zgartirilgan)larga qarashli yuklar orasida og‘irligi 5 kilogrammdan ziyod bo‘lgan 26 dona oltin taqinchoqlar borligi aniqlangan.

Ushbu taqinchoqlar bojxona xodimlari tomonidan og‘zaki savol-javob o‘tkazilganda tilga olinmagan va deklaratsiyada ham ko‘rsatilmagan.

Oltin taqinchoqlardan iborat tovarning umumiy qiymati 860 million so‘mdan ziyodligi qayd etilmoqda.

Xabarga ko‘ra, kontrabandistlar taqinchoqlarni — jomadon tutqichlari va ayollar sumkasi ichiga yashirganlar, shuningdek, tugma va milliy taqinchoqlar ichida maxsus tayyorlangan maxfiy joylarga bekitganlar. Kontarabandistlar bu qimmatbaho yukni Moskva orqali Hindistonga yetkazib berishlari kerak bo‘lgan.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, fuqarolarga qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metaldan tayyorlangan zargarlik buyumlari — umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan 5ta mahsulotni aksiz solig‘ini to‘lamasdan O‘zbekiston hududiga olib kirishga ruxsat etiladi.

Shu bilan birga olib kirilayotgan qimmatbaho taqinchoqlar bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilishi vaqtida ko‘rsatib o‘tilishi shart.

"Samarqand shahar jinoiy ishlar bo‘yicha sudi sudyasi G. Negmatov tomonidan U. Xudoyberdiyevga jinoiy harakatlar tashabbuskori sifatida  jarima solindi va qimmatbaho taqinchoqlar ashyoviy dalil sifatida davlat foydasiga musodara qilindi", deyiladi xabarda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0