TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan Koreya Respublikasining zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Hukumat portali.
— O‘zbekistonga tashrifimizdan asosiy maqsad Toshkentda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini o‘rganishdir. Mahsulotlarni Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlarga eksport qilishni rejalashtirmoqdamiz. Hamkorlik doirasida bu yerda maxsus o‘quv fakultetini tashkil etishni ham mo‘ljallamoqdamiz", — degan assotsiatsiya raisi Bong Cing Li.