"Sharq taronalari" festivalida 250 nafar xorijlik san’atkorlar ishtirok etadi

Obuna bo‘lish
Ushbu musiqa anjumani tarixida kuzatilmagan Yamayka, Malavi, Manma va Urugvay davlatlari vakillari ishtirokini ta’minlash bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti

TOShKENT, 10-avgust — Sputnik. "Sharq taronalari" XI xalqaro musiqa festivalida 56 davlatdan 250 nafar xorijlik san’atkorlar ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda festival ijrochi direktori T.Xoliqovga tayanib uz24.uz xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, shu kunga qadar 120 ga yaqin badiiy jamoalar orasidan 38 ta jamoa saralab olindi. Ushbu musiqa anjumani tarixida kuzatilmagan Yamayka, Malavi, Manma va Urugvay davlatlari vakillari ishtirokini ta’minlash bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti.

Samarqand "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Festivalning ahamiyatini yanada oshirish, dunyo hamjamiyati e’tiborini O‘zbekiston musiqa madaniyatiga qaratish maqsadida 20 ga yaqin xorijlik mutaxassislar ishtirokida maxsus davra suhbatlari, taqdimotlar va mahorat darslari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Festival doirasida "Sharq xalqlari musiqa madaniyati milliy an’analarining shakllanishi va rivojlanishi" mavzusida ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkaziladi. Unda 20 dan ortiq xorijlik taniqli musiqa mutaxassislari, olimlarning ishtirok etishi ko‘zlangan.

Shuningdek, anjumanga faxriy mehmon sifatida YuNESKO, MDH, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Koreyaning Andong, Xitoyning Shanxay xalqaro musiqa festivallari vakillari taklif qilingan.

Bu safar AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy, Estoniya, Quvayt, Indoneziya, Bangladesh, Rossiya va o‘zbekistonlik mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati shakllantirildi.

Sharq taronalari festivali - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda Sharq taronalari yangraydi

Samarqand viloyat hokimligi xabar berishicha, festival munosabati bilan shahar ko‘chalari, xiyobonlar bayramona bezatilmoqda, zamonaviy tungi yoritish uskunalari bilan ta’minlanmoqda.

Ayni paytda shahar ko‘chalariga Rossiyadan keltirilgan 1,5 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ikki million tup gul ko‘chatlari o‘tqazish ishlari boshlab yuborildi. Anjuman boshlangunga qadar shaharning 20 ta yirik yo‘l chorrahalarida kompozitsiyali gulzorlar barpo qilish, markaziy ko‘chalar kesishmasida mustaqillik yillari erishilgan yutuqlarni videoroliklar yordamida namoyish etish maqsadida katta hajmdagi 7 ta monitor, samarqandliklar hamda xorijlik sayyohlarga anjuman ishtirokchilari chiqishlarini tashkil etish uchun 5 ta yig‘ma sahna o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Tadbirlarni xorij ommaviy axborot vositalarida keng yoritish maqsadida 15 ga yaqin davlatlardan 25 nafar jurnalist jalb etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0