Issiqko‘ldagi YTHda jabrlanganlar: Vatan himoyasida ekanligimizni his qildik

© uzbekistan24.uTansevalniy kollektiv iz Uzbekistana popal v DTP na Issik-Kule
Tansevalniy kollektiv iz Uzbekistana popal v DTP na Issik-Kule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidentning o‘zi samolyot yuborsa bundan quvonmay bo‘ladimi…? Barcha g‘amxo‘rliklari uchun Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga rahmat. Biz qayerda bo‘lmaylik, Vatan himoyasida ekanligimizni his qildik, deya o‘z hissiyotlari bilan bo‘lishmoqda YTHda jabrlanganlar

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. 3 avgust kuni Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati Qizil-O‘ruk qishlog‘ida taxminan soat 1130 da "Baliqchi-Cho‘lponota-Qorako‘l" avtomobil yo‘lining 17-kilometrida mikroavtobus va yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan edi.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Issiq-Ko‘lda sodir bo‘lgan YTH tafsilotlari ma’lum qilindi
Baxtsiz hodisa oqibatida jarohatlanganlarning 6 nafari o‘zbekistonliklar bo‘lib, ulardan 3 nafari bolalardir.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ularga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish va mamlakatga olib kelish bo‘yicha bergan topshirig‘iga ko‘ra, tezkor guruh tuzilib, maxsus samolyot ajratildi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida jarohatlangan o‘zbekistonliklar ushbu bortda vatanga olib kelindi. Aviabort bilan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Bosh direktori Abduhakim Xajibayev boshchiligidagi shifokorlar guruhi ham yetib bordi.

"Biz maxsus aviabort bilan yetib borganimizda qirg‘izistonlik shifokorlar tomonidan jarohatlangan hamurtlarimizga tezkor birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan edi, — deydi Abduhakim Xajibayev. — Shifokorlar guruhi Favqulotda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan jarohatlanganlarni aviabortga chiqargach, bortning o‘zida ular salomatligi qayta tekshiruvdan o‘tkazildi. Kerakli muolajalar zudlik bilan bajarildi. O‘zbekistonda bizni maxsus jihozlangan "Tez tibbiy yordam" avtomashinalari kutib oldi va bemorlar zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazildi.

Jarohatlanganlar orasida 11 yoshli Igor Orlovning jarohati ancha og‘ir edi. Agar unga o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, hatto qo‘lidan ayrilib qolishi ham mumkin edi. Shifokorlarning tezkor urinishlari natijasida Igor Orlovda murakkab jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Hozir bemor o‘zini yaxshi his qilmoqda".

Tez tibbiy yordam - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istondagi YTH: jarohatlanganlar shifoxonada, O‘zbekiston tomon xabardor etilgan
"YTHdan so‘ng jabrlanganlarning ko‘pchiligi o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Chunki ko‘pchilik qattiq qo‘rqqan edi, — deydi hozirda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida davolanilayotgan Yelena Orlova. — O‘zbekistondan kelganlarning hammasi "Endi nima qilamiz?" degan savol bilan bir-biriga qarardi. Kimga xabar berish, kimdan yordam so‘rashni ham bilmay qolar ekansan o‘zga yurtda.

Bizni Baliqchi shahridagi kasalxonaga olib kelishdi, tibbiy yordam ko‘rsatishdi. Shunda eshitdikki, Prezidentimiz bizni Vatanimizga olib ketish uchun samolyot yuborgan ekanlar. Buni eshitib, hammamiz, hatto bolalar ham yig‘lab yuborishdi. Axir, o‘zga yurtda og‘ir ahvolda turganingda sendan xavotir olib, Prezidentning o‘zi samolyot yuborsa bundan quvonmay bo‘ladimi…? Barcha g‘amxo‘rliklari uchun Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga rahmat. Biz qayerda bo‘lmaylik, Vatan himoyasida ekanligimizni his qildik.
Hozirda yurtimizga keltirilgan fuqarolarimizga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida malakali tibbiy-jarrohlik muolajalari ko‘rsatilmoqda. Ularning barchasining umumiy ahvoli yaxshilanib bormoqda".

2004 yilda tug‘ilgan Li Yana Andreyevnada takroran o‘tkazilgan tibbiy tahlillar natijasi ijobiyligi bois, unga uyga javob berildi va u istiqomat qiluvchi hududdagi oilaviy poliklinika shifokorlariga bu haqda xabar berildi. Bemor patronaj xizmati nazoratiga olingan.

Yangiliklar lentasi
0