TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. Bugun Qirg‘izistonning Issiq-Ko‘l viloyatida sodir bo‘lgan YTH haqida xabar bergan edik. "Vestnik Bishkeka" ushbu avtohalokat tafsilotlarini ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, yo‘l-transport hodisasi bugun ertalab taxminan 11larda Qizil-O‘ruk qishlog‘ida yuz bergan.
"Folksvagen LT-35" mikroavtobusi va "Mazda Primasi" yengil avtomobili bir-biri bilan to‘qnashib ketgan.
Mikroavtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, ular Cho‘lpon-Ota shahridagi kasalxonaga joylashtirilgan. Yengil mashinada bo‘lgan ikki nafar Bishkek fuqarosi ham kasalxonaga yotqizilgan.
Issiq-Ko‘l huquq-tartibot organlarining ma’lum qilishicha, Chon-Sari-Oy qishlog‘ida joylashgan Good luck dam olish zonasida raqs festivali bo‘lib o‘tgan va unda 13 nafar xorijlik mehmonlar ham qatnashgan.
"Festival yakunlangach, ular "Manas" aeroportidan uchib ketish uchun Bishkek tomon yo‘lga chiqishgan. Ammo Baliqchi-Ananyevo-Qorako‘l avtoyo‘lining 17-kilometrida, Qizil-O‘ruk qishlog‘i yaqinida ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan "Folksvagen LT-35" mikroavtobusi "Mazda Primasi" bilan to‘qnashib ketgan, — dedi Issiq-Ko‘l viloyati IIB matbuot xizmati boshlig‘i Stalbek Usubakunov.
Sog‘liqni saqlash vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, jarohat olgan O‘zbekiston fuqarolari quyidagilardir:
O.E., 1976-yilda tug‘ilgan. Travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Holati barqaror.
O.V., 2006-yilda tug‘ilgan. Travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Holati barqaror.
O.I., 2006-yilda tug‘ilgan. Reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Holati o‘rtacha og‘ir.
O.L., 1952-yilda tug‘ilgan. Travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Holati barqaror.