Advokatlar palatasi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorlik memorandumini imzoladi

© pixabayHujjatlar imzolanishi
Hujjatlar imzolanishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent davlat yuridik universitetida yuridik klinika faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu klinikada professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan fuqarolarga beg‘araz huquqiy yordam ko‘rsatiladi. Memorandumga muvofiq bu jarayonga advokatlar ham jalb qilinadi

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar berildi O‘zbekiston Hukumat portalida.

Zdanie federatsii profsoyuzov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlarga kasaba uyushmalari yuridik klinikasi tomonidan bepul maslahat berish yo‘lga qo‘yiladi
"Mazkur memorandum yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlikni mustahkamlash, talabalarning nazariy va amaliy bilimlari uyg‘unligini ta’minlash, yetuk mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadini ko‘zda tutadi, — deydi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E.Kanyazov. — Ta’kidlash joizki, universitetimizda yuridik klinika faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu klinikada professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan fuqarolarga beg‘araz huquqiy yordam ko‘rsatiladi. Memorandumga muvofiq bu jarayonga advokatlar ham jalb qilinadi".

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 28-apreldagi "Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida yuridik kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tubdan isloh qilish, Toshkent davlat yuridik universitetini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan.

Sudya bolg‘achasi - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona sudyalari viloyat xalqi oldida qasamod qildilar
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, Oliy sud, Adliya, Ichki ishlar vazirliklari, O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasi, Advokatlar palatasi va boshqa qator sud-huquq organlari bilan hamkorlikda universitet faoliyatini takomillashtirish hamda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi R.Ahmedovga ko‘ra, yangi hamkorlik loyihasi mamlakatda advokatura rolini yanada oshirishga xizmat qiladi.

"Dunyo miqyosida advokaturaga talab ortib borayotgan bir sharoitda sohaga bilimdon kadrlarni jalb etish oldimizda turgan muhim vazifalardan biri. Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorligimiz davomida iste’dodli, g‘ayratli va zukko talabalarni tanlab olish imkoniga ega bo‘lamiz", — deb ta’kidlagan Ahmedov.

Yangiliklar lentasi
0