TOShKENT, 7-avgust — Sputnik. O‘zbekiston mustaqilligining 26-yilligi arafasida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev "Jahon" axborot agentligiga bilan bo‘lgan suhbatda quyidagilarni xabar qildi.
— Mustaqillik kuni har qanday mamlakat uchun eng muhim bayram. 26-yil unchalik katta muddat bo‘lmasada, ushbu vaqt davomida O‘zbekiston zamonaviy davlat va jamiyat institutlarini yaratish bo‘yicha eng muhim masalalarni hal qilishga ulgurdi. Ushbu institutlar esa o‘z navbatida O‘zbekistonga doimiy rivojlanish yo‘lidan borib jahon sahnasida o‘zining munosib o‘rnini topdi.
Ushbu yo‘nalishda erishilgan muvaffaqiyatlarda nafaqat O‘zbekiston respublikasi rahbariyati, balkim o‘zining mehnatsevarligi, maqsadga intilishi va qiyinchiliklarni yengish qobiliyati bilan bilan tanilgan, o‘zbek xalqining ham hissasi ulkandir.
O‘zbekiston davlat boshqaruvi o‘zining ijtimoiy sohaga alohida e’tibori bilan ajralib turadi. Bu borada 2017-yilni xalq bilan muloqot yili deb e’lon qilinishi ham katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston prezidenti virtual qabulxonalarining barcha hududlarda paydo bo‘lishi ham ushbu siyosatning davomi bo‘lib, unga jamiyat orasida ijobiy baho berilmoqda.
Bu yil biz Rossiya va O‘zbekiston orasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligini nishonlaymiz. O‘zbekiston bizning O‘rta Osiyodagi eng asosiy hamkorlarimizdan biridir. O‘tgan yillar davomida o‘zaro ishonch va strategik hamkorlik darajasini yuqori darajaga ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldik. Uning asosida bizning xalqlarimizni bog‘lab turgan ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari yotadi.
O‘zbekiston — Rossiya munosabatlarini rivojlantirishda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning orasida o‘rnatilgan doimiy suhbat alohida ahamiyatga ega.
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga 4-5 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan davlat tashrifi tarixiy ma’noga ega bo‘ldi hamda ikki davlat munosabatlariga turtki berdi. Energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, investitsiya va infraqurilmalar sohalarida umumiy qiymati 16 millard dollar bo‘lgan loyihalar haqida kelishib olindi.
Ushbu yilning 5 oyida O‘zbekiston va Rosssiya savdo munosabatlari o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 20%ga o‘sdi. O‘zbekistonda Rossiyaning 900ga yaqin korxonalari ishlamoqda, Rossiyada esa 500ga yaqin O‘zbekiston kapitali ishtirokida tashkil qilingan korxonalar faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston va Rossiya orasida madaniy gumanitar hamkorlik ham rivojlanmoqda. O‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekistonda Rossiya madaniyati kunlari bo‘lib o‘tdi. May oyida esa Moskvadagai Tasviriy san’at muzeyida "Nukus durdonalari" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Toshkentda esa Mariinsk teatri konserti va Rossiya milliy filarmonik orkestri hamda mashhur opera xonandasi Anna Netrebkoning konsertlari bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, bugungi kunda Rossiyada 22 ming O‘zbekistonlik talaba tahsil omoqda. O‘zbekistonda yirik Rossiya OTMlari filiallari faoliyat yuritmoqda. Tibbiyot sohasida ham Rossiyaning yirik tibbiyot markazlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.