TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Bugun Toshkentda birinchi Rossiya va O‘zbekiston Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar qildi Rossiya IIV matbuot xizmati.
O‘zbekiston va Rossiya ichki ishlar vazirliklarining tezkor bo‘linma va maxsus xizmatlarining rahbarlari va mas’ul xodimlari ishchi uchrashuvi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tezkor qidiruv, uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm, narkotik moddalar va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish borasida axborot almashinuv yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida tomonlar Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishini 2018-yil o‘rtasida o‘tkazishga kelishib olishdi.
Eslatib o‘tamiz, shu yil may oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qilgan edi. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida 2017-2018 yillar hamkorlik protokoli imzolangan edi.