Prezident hududlarda birorta ham muammoli masala qoldirmaslikka ko‘rsatma berdi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident o‘tgan 7 oy mobaynida 27 loyiha bo‘yicha mablag‘larni o‘zlashtirish rejadan ortda qolayotgani, 8 loyiha bo‘yicha hujjatlar haligacha tasdiqlanmaganini tanqid qildi

TOShKENT, 5-avgust — Sputnik. Kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yirik va muhim ahamiyatga ega investitsiya loyihalari, prezidentning Andijon viloyati va Chilonzor tumanlariga qilgan tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda prezident rasmiy veb-saytida xabar berilmoqda.

Xabarga ko‘ra, 2017-yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq, joriy yilda 552 loyiha doirasida 7,2 milliard AQSh dollarini o‘zlashtirish va 67 yirik loyihani amalga oshirish belgilangan. 2017-yilning o‘zida umumiy qiymati 2,4 milliard dollarga teng 170 loyiha, jumladan, 16 yirik loyiha ijrosi yakuniga yetkaziladi.

Mirziyoyev Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisini tayinladi

Faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish natijasida o‘tgan 7 oyda 32 loyiha ijrosi yakunlandi, yil oxirigacha yana 138 loyihani amalga oshirib, obyektlarni ishga tushirish yuzasidan barcha zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.

Prezident o‘tgan 7 oy mobaynida 27 loyiha bo‘yicha mablag‘larni o‘zlashtirish rejadan ortda qolayotgani, 8 loyiha bo‘yicha hujjatlar haligacha tasdiqlanmaganini tanqid qildi.

Davlat rahbari investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan asosiy kamchiliklarga tegishli hujjatlar puxta ishlab chiqilmagani, ko‘plab rahbarlar tegishli tarmoqlar va sohalar kelajagi to‘g‘risida muayan tasavvurga ega emasligi, ya’ni o‘zi boshqarayotgan sohaning bir necha yildan keyingi rivojlanish istiqboli haqida aniq hisob-kitob yuritmayotgani sabab bo‘layotganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakat miqyosida va joylarda ayrim rahbarlar investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish va ularni kafolatlangan moliyaviy manbalar bilan ta’minlashga yuzaki, mas’uliyatsizlik bilan yondashayotganiga e’tibor qaratdi.

Hujjatlar - Sputnik O‘zbekiston
Nurobod hokimi ishlamagani uchun lavozimidan chetlatildi

Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari va hududiy hokimliklar rahbarlariga investitsiya loyihalari ijrosi ustidan haftalik nazoratni yanada kuchaytirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslar faoliyatini baholash yuzasidan ko‘rilayotgan aniq choralar to‘g‘risida har oy yakunida hisobot berib borish vazifasi topshirildi.

Yana bir muammo shundan iboratki, investitsiya loyihalari bo‘yicha obyektlar ishga tushgani haqida tegishli hujjat qabul qilingandan so‘ng yangi quvvatlar qay darajada ishlayotganini tahlil qilish tizimi mavjud emas.

Shundan kelib chiqqan holda, prezident Iqtisodiyot vazirligiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishga tushirilgan yangi obyektlar faoliyatini monitoring qilish tartibini ishlab chiqish vazifasini yukladi.

Kalkulyator i yevro - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: biznesdagi yangi imtiyozlar O‘zbekistonga investitsiyalarni jalb etadi

Yig‘ilishda Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligiga yirik xo‘jalik birlashmalari va hududiy hokimliklar bilan birga 2018-yilgi Investitsiya dasturini shakllantirishda faqat loyihalashtirish hujjatlari tayyor bo‘lgan va qiymati kamida 5 million dollarga teng loyihalarni kiritish, sarmoyadorlarning dasturga loyiha kiritishini rag‘batlantirish uchun ularga soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalar berish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi.

O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan hamkorligini rivojlantirish uchun tuzilgan qator hukumatlararo komissiyalar faoliyatini yana bir bor tanqidiy tahlil qilib, ularning samaradorligini oshirish zarurligi qayd etildi.

Bosh vazir va uning o‘rinbosarlariga Andijon viloyati va Chilonzor tumanini, umuman, barcha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini tizimli ravishda o‘rganib, birorta ham muammoli masala qoldirmaslik yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0