Nurobod hokimi ishlamagani uchun lavozimidan chetlatildi

© Sputnik/Viktor TolochkoHujjatlar
Hujjatlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Ergashev o‘z arizasiga binoan Nurobod tumani hokimi vazifasidan ozod etildi. Samarqand viloyati hokimi tavsiyasiga ko‘ra, axborot metodik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Zoirov Faxriddin Absalomovich Nurobod tumani hokimi etib tasdiqlandi

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Nurobod tumanining mas’ul rahbarlari zamonning bugungi o‘zgarishlariga, soat sayin rivojlanib borayotgan hayot maromiga javob bera olmadilar. Bu haqda xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida batafsil muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevning yangi qarori: aholini ish bilan ta’minlamagan hokim jarima to‘laydi
Sessiyada Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayev ma’ruza qildi.

Viloyat hokimi o‘z ma’ruzasida tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalariga batafsil to‘xtaldi, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qildi.

"Qabul qilingan Harakatlar strategiyasi asosida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar barcha joylarda o‘zining samaralarini bermoqda, – dedi viloyat hokimi. – Olib borilayotgan ana shu islohotlardan kutilayotgan pirovard natija, eng avvalo, xalqimizni o‘z hayotidan rozi qilish, ularga munosib turmush kechirishi uchun yanada ko‘proq qulayliklar yaratib berishga qaratilgan.

Ammo Nurobod tumanining mas’ul rahbarlari zamonning bugungi o‘zgarishlariga, soat sayin rivojlanib borayotgan hayot maromiga javob bera olmadilar.

Yaylov maydonlari yetarli bo‘lgan, 72,5 ming bosh qoramol, 556 ming bosh qo‘y-echki parvarishlanayotgan, 3,3 ming tonna go‘sht va 41 ming tonna sut yetishtirayotgan tumanda chorva mahsulotlarini qayta ishlaydigan birorta ham korxona mavjud emas. Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini shakllantirishda mutasaddilar go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxona tashkil etish borasida bitta ham loyiha kiritmagan. Terini qayta ishlaydigan yoki charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona yo‘q.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘ho‘! 2 kunda ishdan olingan 4 hokim va o‘zbekistonliklarni hayratga solgan boshqa xabarlar
Tadbirkorlarga yetarli shart-sharoit yaratilmaganligi oqibatida birgina joriy yilning birinchi choragida 12 ta subyekt faoliyatini to‘xtatgan, ro‘yxatga olinganlarining 10 foizi turli sabablarga ko‘ra ishlamayapti.

Xuddi shuningdek, Nurobodda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlanmaydi. Sement, marmar, ohak, gips, bo‘r kabi qurilish materiallarining boy tabiiy mineral xom ashyo zaxirasi bo‘lsa-da, ularning atigi 0,1 foizidan foydalanilmoqda.

Tumanda birinchi chorakda sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi doirasida bitta ham loyiha foydalanishga topshirilmagan, tuman hokimligi bu borada loyiha rejalashtirmagan ham. 2015-2016 yillarda ishga tushirilgan 10 ta loyiha ham turli sabablar bilan mahsulot ishlab chiqarmayapti.

Aholiga malakali va tez tibbiy yordam ko‘rsatish saviyasi past. 2015-yilda foydalanishga topshirilishi lozim bo‘lgan tumandagi yagona madaniyat va aholi dam olish maskanidagi ishlar haligacha yakuniga yetmagan.

2017 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga nurobodliklar tomonidan yo‘llangan 304 murojaatning 144 tasiga belgilangan muddatlarda javob qaytarilmagan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Baxtiyor Ergashev o‘z arizasiga binoan Nurobod tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

Viloyat hokimi tavsiyasiga ko‘ra, shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, o‘rta-maxsus kasb hunar ta’limi markazi huzuridagi axborot metodik xizmati axborot metodik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Zoirov Faxriddin Absalomovich Nurobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiyada tuman faollari va deputatlar so‘zga chiqib, viloyat hokimining ma’ruzasida tilga olingan kamchiliklardan tegishli xulosa chiqarishni, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun fidoyilik ko‘rsatib, mehnat qilishlarini bildirdilar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0