Samarqandda Sharq allomalari ishlariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkaziladi

© Mixail GenisSamarqand
Samarqand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konferensiya ishida YUNESKO, IHT, AYSESKO, IRSIKA kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, jahonning yirik muzeylari, ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari ishtiroki kutilmoqda

TOShKEN, 5 avg — Sputnik. 28-30 avgust kunlari Samarqand shahrida "Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo renessansi" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilindi O‘zbeston Fanlar Akademiyasi saytida.

O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: ilm-ma’rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam bo‘lmaymiz
Anjuman Markaziy Osiyo olim va mutafakkirlarining abadiy tarixiy merosini chuqur o‘rganish va anglash, mamlakat va jahon jamoatchiligini o‘zbek mutafakkirlarining aniq, tabiiy fanlar va islom ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi bilan tanishtirish, ilmiy markazlar va dunyoning yetakchi olimlarini ularning ishlari va kashfiyotlarini har tomonlama o‘rganishga jalb etish, ushbu beqiyos intellektual boylikni ko‘z qorachig‘idek asrash va ommalashtirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Mazkur konferensiya 2014-yil Samarqand shahrida "O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati" mavzuyida bo‘lib o‘tgan konferensiyaning mantiqiy davomi ekani qayd etilgan.

Ushbu konferensiyada IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining tarkibiy qismlaridan bo‘lgan islom ilmlari bo‘yicha boy meros ham muhokama qilinadi.

Konferensiya ishida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud az-Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqalarning, shuningdek, Imom al-Buxoriy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Imom Iso at-Termiziy, Abu Mansur Moturidiy kabi diniy ulamolarning ilmiy merosi tahliliga alohida e’tibor qaratiladi.

Mechet Suzuk-ota v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev islom dini yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy maktablar tashkil etishni taklif qildi
Mutafakkir olimlarning ilmiy faoliyati tahliliga bag’ishlangan mamlakatimiz va xorijdagi yetakchi tadqiqotchilarning ma’ruzalarida Markaziy Osiyoda IX-XII va XIV-XV asrlarda ro‘y bergan ilmiy madaniy uyg‘onishning turli jihatlari keng yoritiladi.

Konferensiya ishida YUNESKO, IHT, AYSESKO, IRSIKA kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, jahonning yirik muzeylari, ilmiy va ta’lim muassasalari vakillarining ishtiroki kutilmoqda.

Konferensiya o‘rta asrlar Markaziy Osiyo olimlarining merosini hamkorlikda o‘rganish shaklida O‘zbekiston va yetakchi xorijlik olimlar o‘rtasida yaqin ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi muhim bosqich bo‘lishi qo‘shimcha qilingan.

Rejaga ko‘ra, konferensiya yakunida tezislar to‘plami chop etildi.

Yangiliklar lentasi
0