Shavkat Mirziyoyev: ilm-ma’rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam bo‘lmaymiz

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zligimizni anglab, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-ma’rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam bo‘lmaymiz, dedi Shavkat Mirziyoyev Andijonga uyushtirgan safari davomida

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifini "Bog‘i Bobur" istirohat bog‘i bilan tanishishdan boshladi. Prezident bog‘da barpo etilgan muzey eksponatlari bilan tanishdi hamda olimlar va nuroniylar bilan muloqotda bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: ekstremistlarni O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarishga tayyorman
"Har bir hududga borganda o‘sha yerning tarixini o‘rganish va tiklashga e’tibor qaratmoqdamiz. Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi. Adabiyot, ilm, ma’rifat nuqtayi nazaridan u hamon yashayapti. Bu maskanni yanada obod qilib, tarbiya o‘chog‘iga aylantirish zarur. O‘zligimizni anglab, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-ma’rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam bo‘lmaymiz", degan Shavkat Mirziyoyev.

Mazkur istirohat bog‘i Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510-yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirilgan. Bobur xalqaro jamoat fondi tasarrufidagi so‘lim maskan 357 gektar maydonni egallagan. Bog‘da Bobur Mirzoning ramziy qabri va haykali, "Bobur va jahon madaniyati" muzeyi barpo etilgan.

Bobur hayoti va merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy ekspeditsiya tomonidan olib kelingan noyob qo‘lozmalar, kitoblar va tarixiy ashyolar o‘rin olgan muzey mamlakatimizdagi diqqatga sazovor maskanlardan biriga aylangan.

Mirziyoyev tashabbusi bilan istirohat bog‘ini yanada obod qilish, muzeyni ta’mirlash va faoliyatini kengaytirish rejalashtirilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0