Mirziyoyev islom dini yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy maktablar tashkil etishni taklif qildi

© http://dasturxon.com/Mechet Suzuk-ota v Tashkente
Mechet Suzuk-ota v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Samarqandda, Farg‘ona, Buxoro va Qashqadaryoda islom dinining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy maktablar tashkil etish juda foydali bo‘lishini bildirdi

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda islom dini bo‘yicha ilmiy maktablar tashkil etish taklifini ilgari surdi.

"Mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida dinimiz ravnaqi yo‘lida beqiyos xizmat qilgan buyuk aziz-avliyolar, alloma zotlar xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmualari, ilmiy markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning qoshida islom dinining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha ilm olishga, mutaxassis bo‘lishga tayyorlab boradigan ilmiy maktablar tashkil etsak, nima deysizlar?", dedi Mirziyoyev.

Vo vremya slujbi v mecheti. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Prezident: yashirincha nikoh o‘qigan har qanday mullaga jinoiy jazo beriladi

Prezident Samarqanddagi Imom Buxoriy ilmiy markazida hadisshunoslik, Imom Moturidiy markazi qoshida kalom ilmi, Farg‘onadagi Marg‘inoniy ilmiy markazida islom huquqi maktabi, Buxorodagi Bahouddin Naqshband markazida tasavvuf, Qashqadaryodagi Abu Muin Nasafiy markazida aqida ilmiy maktabini tashkil etish juda foydali bo‘lishini bildirdi.

"Kelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashda bu maktablar tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Kuni kecha Imom Buxoriy bobomiz yodgorlik majmuasida bo‘lganimda bu masalaning naqadar muhim va dolzarb ekanini ayniqsa chuqur his etdim", dedi O‘zbekiston rahbari.

Yangiliklar lentasi
0