TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kunini nishonlash to‘g‘risida" farmonni imzoladi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekiston 24".
Xabarda aytilishicha hujjat soha mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda sohada mehnat qilayotgan keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olgan holda qabul qilingan.
"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ, mutasaddi vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlar "O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni"ni sohaga mos tarzda, tantanali ravishda o‘tkazishni ta’minlasinlar.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga "O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni"ni nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin", — deyilgan hujjat matnida.