O‘zbekistonlik ziyoratchilar 7-avgustdan hajga jo‘nab ketishadi

© Kabinet po delam religiy UzbekistanaGruppa palomnikov v Saudovskuyu Araviyu iz Uzbekistana
Gruppa palomnikov v Saudovskuyu Araviyu iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
7 avgust kuni ikkita aviareysda Toshkent va Namangan shahridan 459 nafar ziyoratchi Madina shahriga kuzatiladi.

TOShKENT, 4-avgust — Sputnik. 7-23 avgust kunlari 7346 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchilarni haj safariga kuzatish bo‘yicha barcha tashkiliy masalalar hal etilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar qildi.

Makka shahri - Sputnik O‘zbekiston
Hajga kvotalar soni yana to‘rt mingtaga oshirildi

Ziyoratchilarga safar oldidan mamlakat ramzlari tushirilgan maxsus kiyim va sumkalar, haj qo‘llanmasi va videotasmalar taqdim etildi.

Barcha ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur vaksinalar bilan emlandilar.

7 avgust kuni ikkita aviareysda Toshkent va Namangan shahridan 459 nafar ziyoratchi Madina shahriga kuzatiladi.

“Haj-2017” mavsumi ziyoratchilarining oxirgi reysida 74 nafar Ikkinchi Jahon Urushi qatnashchilari va ularga hamrohlik qiluvchilarni safarga yuborib, birinchi reys bilan vatanimizga qaytarib olib kelish rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1-2 avgust kunlari urush qatnashchilariga biriktirilgan guruh rahbarlari faxriylarning xonadonlariga tashrif buyurib, ulardan hol-ahvol so‘rab, hukumat nomidan ularga ehrom (haj amallarini bajarish davrida kiyiladigan kiyim) va boshqa sovg‘alar taqdim qildilar.

Ziyoratchilarning haj safarini tashkillashtirish bo‘yicha Toshkent shahridagi “Novza” masjidida maxsus shtab tashkil qilingan.

Ziyoratchilar uchun tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida 28-iyul kuni 10 kishidan iborat dastlabki ishchi guruhi Saudiya Arabistoni Podshohligiga jo‘nab ketdi.

Makka shahridagi ziyoratchilar - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga imtiyozli ravishda borishadi

O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Makka va Madina shaharlarida mehmonxonalardan joylar ajratilgan bo‘lib, ularga transport, oziq-ovqat ta’minoti va tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yiladi. Mehmonxonada maxsus jihozlangan oshxona hamda tibbiyot markazi tashkil etilgan.

Har 49 nafar ziyoratchiga bittadan tajribali guruh rahbari (ellikboshi) biriktirilgan.

Shuningdek, ziyoratchilarga 35 kishidan iborat ishchi guruhi, 35 nafar shifokor va 15 nafar oshpaz xizmat ko‘rsatadi.

Ziyoratchilar uchun Saudiyadagi mehmonxonalarda sun’iy yo‘ldosh orqali O‘zbekiston televideniyesi dasturlarini tomosha qilish imkoniyati yaratiladi.

Ziyoratchilarni Saudiya Arabistonida kutib olish va kuzatish ishlari Jiddadagi Bosh konsullik tarkibida joriy etilgan haj va umra masalalari bo‘yicha attashe tomonidan tashkil etiladi.

Ziyoratchilar Madina shahrini 4 kun ziyorat qilganlaridan so‘ng Makka shahriga yo‘l oladilar.

Haj safaridan ziyoratchilar 8-24 sentabr kunlari qaytishlari rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0