Hajga kvotalar soni yana to‘rt mingtaga oshirildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMakka shahri
Makka shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki oy muddatda Musulmonlar idorasi saytida haj va umra safariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimi shakllantiriladi

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Kelasi 2018-yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun kichik haj ziyorati (umra) kvotasi yiliga 6 mingdan 10 mingga oshiriladi, bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida e’lon qilindi.

Makka shahridagi ziyoratchilar - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga imtiyozli ravishda borishadi
"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda «Haj» va "Umra" tadbirlariga boradigan fuqarolar ro‘yxatining xolisona va ijtimoiy adolat mezonlari asosida shakllantirilishini hamda muqaddas ziyoratlarni tashkil qilishda belgilangan tartibga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar", — deyilgan hujjatda.

Shuningdek, haj va umra safarini tashkil etishda qator yangilik va imtiyozlar ko‘zda tutilgan. Jumladan, "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasiga ziyoratchilar uchun aviachiptalar narxini kamaytirish vazifasi topshirildi. Ziyoratga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning doimiy yashash joyi o‘zgargan taqdirda, ularning avvalgi manzili bo‘yicha navbati saqlanib qolishi belgilandi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasiga joylardagi hukumat organlari bilan birgalikda haj va umra safarlariga boradigan fuqarolar ro‘yxatining xolisona va ijtimoiy adolat mezonlari asosida shakllantirilishi hamda muqaddas ziyoratlarni tashkil qilishda belgilangan tartibga qat’iy rioya etilishini ta’minlash topshirildi.

Qabriston - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarosi Haj ziyoratiga borish o‘rniga, qabristonga darvoza qurdi
"Haj" va "Umra" tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning doimiy yashash joyi o‘zgargan taqdirda, ularning avvalgi manzili bo‘yicha navbati saqlanib qolishi ta’kidlangan.

Ikki oy muddatda Musulmonlar idorasi saytida haj va umra safariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimi shakllantiriladi.

Toshkent, Nukus va O‘zbekistonning barcha viloyatlari markazlarida fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning barcha bosqichlari markazlashtirilgan holda bitta tibbiyot muassasasida bepul amalga oshiriladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0