Toshkentda yosh chempionlar uchun "aqlli" basseyn qurilmoqda

© NUZ.UZBasseyn qurilishi
Basseyn qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilning 3-avgust sanasida Respublika olimpiya zaxiralari kollejida jurnalistlar bilan uchrashuvda yosh chempionlar uchun "aqlli" basseyn loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Toshkentda yosh chempionlar uchun "aqlli" basseyn ochiladi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana".

Xabarda aytilishicha, basseyn haqiqatda 1987-yilda fazogir G.Titov nomidagi sobiq sport internatida qurila boshlagan. Ammo sobiq Ittifoq barham topishi bilan moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtatilgan va tabiiyki basseyn qurilishi ishlari ham to‘xtab qolgan.

Uzbekiston sportchilari - Sputnik O‘zbekiston
Sport sohasida kelgusi besh yilda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?

S.Mitrofanov nomidagi suv sporti saroyining yo‘q qilinishi esa xalqaro musobaqalarda munosib qatnasha oladigan suzuvchilarni tayyorlash imkoniyatlarini toraytirdi.

Jahon darajasiga munosib suv sporti bo‘yicha sportchilarni tayyorlash uchun 8-12 yil ketishini inobatga oladigan bo‘lsak, tegishli bazaga bo‘lgan ehtiyoj nega zurarligi ayon bo‘ladi.

Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji rahbari Jasur Akramovning bir necha yil muqaddam boshlangan sa’yi-harakatlari tufayli loyiha hayotga qayta tatbiq etildi.

Taqdimot marosimi bilan uyushtirilgan matbuot-anjumani davomida Akramov shunday degan: "Braziliyada o‘tkazilgan yozgi olimpiya o‘yinlari O‘zbekiston sportda nechog‘lik muvaffaqiyat qozona olishini isbotladi. Boks, dzudo, erkin kurash va og‘ir atletika bo‘yicha termalarimiz mamlakatimizning ulkan salohiyatga ega ekanligini namoyish etdi. Ammo suzish bo‘yicha biz ortda qolyapmiz".

Beeline Uzbekistan Respublika Olimpiya zaxiralari kollejini qo‘llab-quvvatladi va kollej hududida qurilishi rejalashtirilayotgan yangi sog‘lomlashtirish-suv majmuasiga sarmoya kiritishini ma’lum qildi.

Futbolnie bolelshiki na tribune derjat flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev davlat sport qo‘mitasi rais o‘rinbosari shtat birligini qisqartirdi
Loyiha mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, qurilma noyobligi bilan ajralib turadi. Majmua sportchilarni olimpiya normativlariga tayyorlash bo‘yicha barcha talablarga javob beradi. Binoda mashg‘ulotlar o‘tash uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar mavjud, basseynning o‘zi esa shunchaki suv konstruksiyasi bo‘libgina qolmay, o‘ziga xos o‘quv sinfi hamdir. Bu yerda leksiya va amaliy mashg‘ulotlar o‘tilishi mumkin.

Obyekt uchun maxsus Ispaniya va Daniyadan zamonaviy jihozlar keltirilgan. Start olish tumbalari, ajratuvchi tasmalar, flagshtoklar, zinapoyalar, va boshqa jihozlar FINA xalqaro federatsiyasi zamonaviy talablariga to‘liq javob beradi.

Basseynda shuningdek suvni kompleks tozalash va tahlil qilish "aqlli" tizimi mavjud.

Basseyn yil davomida uzluksiz faoliyat ko‘rsatadi, sababi isitish jihozlari bilan ta’minlangan.

Beeline Uzbekistan obyektni 2018-yil bahor mavsumigacha topshirishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0