Mirziyoyev davlat sport qo‘mitasi rais o‘rinbosari shtat birligini qisqartirdi

© Commons.wikimedia / TwoWingsFutbolnie bolelshiki na tribune derjat flag Uzbekistana
Futbolnie bolelshiki na tribune derjat flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu qaror Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining kelgusi faoliyatini optimallashtirish maqsadida qabul qilindi

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi markaziy apparatida rais o‘rinbosari — Bolalar sportini rivojlantirish direktori shtat birligini qisqartirish bo‘yicha qaror qabul qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Londondagi 2017-yil Jahon Chempionati natijalari - Sputnik O‘zbekiston
Rekordlar va medallar bilan: o‘zbekistonliklar Londondagi Jahon Chempionatida

Bu qaror bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi kelgusi faoliyatini boshqarishni optimallashtirish maqsadida qabul qilindi.

Endi bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini direktor tomonidan boshqariladi. Direktor lavozimiga Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston hukumati tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston prezidenti 2017-yil uchun budjet jamg‘arma tasdiqlangan edi. Budjetga xayriya jamg‘armalari 135 mlrd so‘m ajratiladi. Xalkaro tashkilotlari 290 ming dollar, shulardan 170 ming dollari Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi tomonidan moliyalashtiriladi.

Jamg‘arma hisobidan O‘zbekiston turli viloyatlarida 25 ta yangi sport obyektlar qurilishi, 13 ta sport obyektlar rekonstruksiya
ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0