Sport sohasida kelgusi besh yilda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?

© NOK UzbekistanaUzbekiston sportchilari
Uzbekiston sportchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida sport tibbiyoti bo‘limlarini tashkil etish va moddiy-texnik bazasi mustahkamlash vazifalari belgilab olindi.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti 2021-yilga qadar jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturini tasdiqladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri davlat prezidenti rasmiy veb-saytiga asoslanib.

Mazkur sohada to‘planib qolgan muammolarni hal etish maqsadida 2017-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston prezidentining "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Sportsmeni na razminke pered nachalom sorevnovaniy po plavaniyu - Sputnik O‘zbekiston
2017 yilda O‘zbekistonda 39 ta sport inshootlari qayta ta’mirlanadi

Qaror bilan O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlanib, unga muvofiq:
2017-2021 yillarda O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida jami 995,2 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanishi nazarda tutilgan bo‘lib, shundan 706,2 milliard so‘mdan ortiq qismi ushbu yillarda jami 167 ta sport inshooti, jumladan, 90 ta sport majmuasi va 77 ta suzish havzasini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash va qayta jihozlashga yo‘naltiriladi.

Jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlash maqsadida zamonaviy sport komplekslarini qurishi va ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlanadi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan jamlanadi.

Sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktablari va bolalar-o‘smirlar sport maktablarining shtatlar jadvaliga "Sportchi" lavozimi joriy etilishi O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan muhim qadam vazifasini o‘taydi.

Barcha ta’lim muassasalari sport inshootlarida darsdan so‘ng o‘quvchi va talabalar uchun sport to‘garaklari hamda sport klublari faoliyatini tizimli tashkil etish va boshqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida hamda bolalar-o‘smirlar sport maktablarida "Sport to‘garagi va seleksiya bo‘yicha trener" lavozimini kiritish belgilangan.

Uzbekskie sportsmeni v Baku - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik sportchilar "Islom birdamlik o‘yinlari"ni g‘alaba bilan boshlashdi

Jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari va sport klublari faoliyatini olimpiya, milliy va boshqa sport turlari kesimida reyting baholash tizimini joriy etish belgilangani ularning faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining "Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak nishonining ta’sis etilishi esa soha fidoyilari mehnatini yanada munosib rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Dasturga ko‘ra, o‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan uch bosqichdan iborat "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va Universiada sport o‘yinlari dasturlarini sportning ommaviy turlari hisobiga kengaytirish, nufuzini oshirish va musobaqa g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish tizimini tubdan takomillashtirish nazarda tutilgan. 

Qarorda hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida sport tibbiyoti bo‘limlarining tashkil etilishi va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash belgilab qo‘yilganidir.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi besh yil ichida respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, shuningdek, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun budjetdan 1 trillion 230 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0