GM Uzbekistan firibgar Haqberdiyevning jinoiy sxemasiga izoh berdi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan AJ "Sirdaryoavtotexxizmat" MChJ xodimi Abdumurod Haqberdiyevning qo‘lga olinganligi bo‘yicha izoh berdi

TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. GM Uzbekistan kompaniyasi Facebook'dagi sahifasida MXX tomonidan avtomobillarni sotishda firibgarlik bilan shug‘ullangan "Sirdaryoavtotexxizmat" MChJ xodimi Abdumurod Haqberdiyevning qo‘lga olingani haqidagi xabarga izoh berdi.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
MXX GM Uzbekistan mashinalarini sotishdagi tovlamachilikni fosh etdi

Axborotda aytilishicha "GM Uzbekistan" AJ korrupsiyaning har qanday ko‘rinishini qat’iy qoralaydi va korxona faoliyatiga aloqador bo‘lgan va avtomobillarning realizatsiyasi jarayonida noqonuniy ravishda boyishga harakat qiluvchi har qanday mansabdor shaxs yoki tashkilotga nisbatan murosasiz pozitsiyasi haqida ma’lum qiladi".

Bundan tashqari, kompaniya tomonidan korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha qator chora-tadbirlar ko‘rilgan. Ular orasida savdoning yangi tizimi, shartnoma olish uchun murojaatlarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazishni joriy etish, avtomobillarni taqsimlashda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, GM Uzbekistan va dilerlik korxonalarining barcha xodimlari o‘rtasida keng tushuntirish ishlarining olib borilishi bo‘yicha tadbirlar bor.

"Kompaniya va barcha dilerlik tashkilotlarning har bir xodimi noqonuniy boyish maqsadida korrupsiya va firibgarlikning istalgan ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yozma majburiyatni o‘ziga olgan", — deyiladi kompaniya axborotida.

Bunday majburiyatlar avtomobillarni sotish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan individual dilerlik kelishuvlariga kiritilgan. Ushbu holatlar noqonuniy boyish usullaridan foydalanish bo‘yicha qandaydir faktlar aniqlansa, turli javobgarlik choralari, xususan, barcha shartnoma majburiyatlarini bekor qilishni nazarda tutadi.

Kompaniya axborotida qayd etilishicha, Abdumurod Haqberdiyev dilerlik tashkilotlarining barcha xodimlari kabi, 2017-yil yanvarida yozma ko‘rinishda bu majburiyatni o‘z bo‘yniga olgan. "Biroq shunga qaramay, ushbu shaxs noqonuniy harakatlari oqibatlari qanchalik jiddiy ekani va jinoiy xatti-harakatlar uchun jazo muqarrarligi tamoyilini oxirigacha anglamagan ko‘rinadi", — deyiladi axborotda.

Shu bilan birga, aniq bir shaxsning ushbu harakatlari alohida holat bo‘lib, "GM Uzbekistan" AJ avtomobillarining realizatsiyasi butun tizimi haqida fikr qilinmasligi lozim.

Moskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon-2016. Den patiy - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan eksport hajmini yil yakuniga qadar 30 ming donagacha oshirmoqchi
"GM Uzbekistan" AJ ushbu hodisa bo‘yicha to‘liq surishtiruv o‘tkazishda huquq-tartibot va sud organlariga yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

"GM Uzbekistan va barcha dilerlik tashkilotlarning xodimlarining avtomobillarni sotilishidagi har qanday noqonuniy hatti-harakatlari, qo‘shimcha pul mablag‘larni ta’magirlik qilish holatlari bo‘yicha zudlik bilan ishonch telefoni 147-14-14 raqamiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishingizni so‘raymiz", — deyilgan axborot yakunida.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyati MXX boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari bilan hamkorlikda GM Uzbekistan avtomobillarini sotishda tovlamachilik bilan shug‘ullangan "Sirdaryoavtotexxizmat" MChJ avtosaloni direktori Abdumurod Haqberdiyevni qo‘lga olinganligi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0