MXX GM Uzbekistan mashinalarini sotishdagi tovlamachilikni fosh etdi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tovlamachilik sxemasi orqali mashina sotib olgan xaridor avtoning hozirgi narxidan anchagina kam pul to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan

TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. Sirdaryo viloyati Milliy xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari bilan hamkorlikda GM Uzbekistan avtomobillarini sotishda tovlamachilik bilan shug‘ullangan "Sirdaryoavtotexxizmat" MChJ avtosaloni direktori Abdumurod Haqberdiyevni qo‘lga olishdi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, A.Haqberdiyev Ikkinchi jahon urushi faxriysining "Kaptiva" avtomobili olish uchun imtiyozli sertifikatidan foydalanish evaziga faxriyga 10 million so‘m berishni va’da qilgan. Haqberdiyev urush faxriysiga 9-May bayrami munosabati bilan taqdim etilgan sertifikatni boshqa odam nomiga rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan.

Dengi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyati bojxona xodimi 460 dollar pora bilan qo‘lga olindi

"Tezkor xodimlar uni faxriyga 10 million so‘m berayotgan chog‘ida qo‘lga olishdi. Keyinroq uning boshqa ishlari ham fosh bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Haqberdiyev mashinani bozor bahosidan ancha arzon sotib olish imkonini beruvchi tovlamachilik sxemasini yaratgan. U bu xizmati uchun mashina narxining 50% qismini pora sifatida olgan", — dedi MXX xodimi.

Faxriylar sertifikati mashinani navbatsiz va sertifikat taqdim etilgan paytdagi narxda sotib olish huquqini beradi. "Kaptiva"ning ilgarigi narxi 135 million so‘m edi. Tovlamachilik sxemasi orqali mashina sotib olgan xaridor avtoning hozirgi narxidan anchagina kam pul to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Haqberdiyev shu tarzda 10ta avtomobil sotgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti Sirdaryo viloyat boshqarmasi A.Haqberdiyevga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Yangiliklar lentasi
0