GM Uzbekistan eksport hajmini yil yakuniga qadar 30 ming donagacha oshirmoqchi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMoskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon-2016. Den patiy
Moskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon-2016. Den patiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomashinalarining kattagina qismi Rossiyaga eksport qilinadi

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. GM Uzbekistan yil yakuniga qadar eksport qilinadigan avtomashilar sonini 30 ming donagacha oshirmoqchi, deb xabar qildi Podrobno.uz.

GM Uzbekistan press-tur - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan yangilangan Labo ishlab chiqarishga kirishdi

Xabarda ko‘ra, GM Uzbekistan ayni vaqtda yangi xorijiy savdo bozorlarni o‘zlashtirish, savdo ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib bormoqda. Jumladan, dilerlik tarmog‘ini kengaytirish, turli bonus dasturlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

"2017 yil birinchi yarim yillikda 10 ming dona avtomashina xorijga eksport qilindi. Kelasi yarim yillikda bu ko‘rsatkichni ikki baravarga oshirmoqchimiz. Keyingi yillarda esa savdoning o‘sish suratlarini kamida 20 foizga oshirish rejalashtirilgan", — deb ta’kidladi GM Uzbekistan vakili.

GM Uzbekistan chet mamlakatlarda yangi savdo bozorlarini o‘zlashtirdi. Jumladan, Yaqin Sharq davlatlari — Iordaniya, Livan, Iroq, shuningdek, bir qator Afrika davlatlariga avtomashinalar eksport qilinmoqda.

Hozirgi kunda Liviya, Tunis, Ozarbayjon davlatlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Avtomashinalari eng ko‘pi Rossiyaga eksport qilinadi. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston va uchinchi o‘rinda Ukraina. Eng ommabop bo‘lgan eksport modellar: "Nexia", "Lasetti", "Cobalt", "Matiz" va "Spark". 

GM Uzbekistan press-tur - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan rahbariyatiga berilmay qolgan savollar...

GM Uzbekistan eksport quvvatlarini oshirish maqsadida shu yilda Qozog‘iston "SariarkaAvtoProm" zavodida Ravon Nexia R3 avtomashinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Keyingi bosqichda ishlab chiqarish chizig‘ini kengaytirish ko‘zda tutilgan. 

"Qozog‘istonda 300 dona avtomobil ishlab chiqarildi. Shu yil yakuniga qadar yana 5 ming dona avtomashina ishlab chiqariladi. Hozirgi kunda zavodda faqat Nexia ishlab chiqariladi, keyinchalik Spark va Cobalt avtomashinalarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bugungi kunda bu boradagi texnik masalalar hal qilinmoqda", — deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda GM Uzbekistan 10 turdagi avtomashinalar ishlab chiqarilmoqda: Nexia, Cobalt, Gentra, Malibu, Matiz, Spark, Captiva, Orlando, Damas va Labo.

Respublika ichida avtomashinalar Chevrolet brendi sifatida barchaga ma’lum bo‘lsa, eksportda esa Ravon savdo belgisi sifatida mashhurdir.  O‘zbekistonda qurilgan 3 ta zavod yiliga 290 ming dona avtomashina ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Yangiliklar lentasi
0