MIB fuqarolardan qarzdorlikni tekshirib borishni so‘radi

© Sputnik / Petr Chernov / Mediabankka o‘tishElektr quvvatini tejovchi lampalar
Elektr quvvatini tejovchi lampalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosi organlari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida iste’molchilar hisobida noreal, asoslantirilmagan qarzdorlik aniqlanmoqda

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Samarqand viloyati hokimligi rasmiy saytida Markaziy ijro qo‘mitasining samarqandliklarga murojaati e’lon qilindi.

MID o‘z murojaatida fuqarolardan o‘z haq-huquqlarini himoya qilishga va mablag‘ning ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘ymasliklariga chaqirgan.

Besporadki v tulskom poselke Plexanovo - Sputnik O‘zbekiston
Gaz va svetni uzish tartibi tasdiqlandi
"Hurmatli elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilari!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-yil 29-mayda "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmon ijrosini ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosi organlari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida iste’molchilar hisobida noreal, asoslantirilmagan qarzdorlik aniqlanmoqda. Bu esa o‘z navbatida aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida energiya resurslari iste’molchilaridan:

Gaz va energiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda svet va gaz bo‘yicha qarzdorlik 5 trillion so‘mdan oshib ketdi
elektr va tabiiy gaz bo‘yicha hisoblagichning surati va to‘lov pattalari bilan Majburiy ijro burosining hududiy bo‘limlariga murojaat qilib, qarzdorlik holatiga aniqlik kiritilishini;

hududda faoliyat yuritayotgan elektr va tabiiy gaz korxonalarining dasturiy tarmoqlariga telefon raqamini kiritib, to‘lovlardan xabardor bo‘lishni;

Internet tarmog‘idagi uzenergo.uz, uztg.uz caytlaridan ro‘yxatdan o‘tib, qarzdorlikni tekshirib borishlarini so‘raymiz.

O‘z haq-huquqingizni himoya qiling va mablag‘ingizning ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘ymang!", — deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0