O‘zbekistonda IIB podpolkovnigi jurnalist faoliyatiga to‘sqinlik ko‘rsatdi

© StringerO‘zbekistonda kirish imtihonlari
O‘zbekistonda kirish imtihonlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1-avgust kuni jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev test imtihonlarini yoritish maqsadida Samarqanddagi oliy o‘quv yurti binolari tomon yo‘l olgan. Ajoyib bir tomoshaga guvoh bo‘lgan jurnalist olgan suratlarning barchasi "grajdanskiy" formadagi IIB xodimi tomonidan bitta qolmay yo‘q qilingan

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Samarqandlik jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev o‘zining Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida IIB xodimi tomonidan o‘z faoliyatiga to‘sqinlik ko‘rsatilgani haqida post e’lon qildi.

Jurnalist - Sputnik O‘zbekiston
OAV: O‘zbekistonda jurnalistika sohasi islohga muhtoj
Jurnalistning yozishicha, u 1-avgust kuni ertalab kirish imtihonlari bo‘lib o‘tayotgan ikkita oliy o‘quv yurti binolarini borib ko‘rishni rejalashtirgan. "Tibbiyot litseyi binosida Samarqand Meditsina institutining davolash fakultetiga hujjat topshirgan abituriyentlar imtihon topshirar edi. Bir nechta fotosuratlar oldim: abituriyentlarning qay tarzda ikkitalik kordondan o‘tishlariyu, o‘z farzandlarini kutib tashqarida qolgan ota-onalarni…

So‘ngra Toshkent davlat axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali yangi binosiga yo‘l oldim. Obyektga yaqinlashar ekanman birdan shovqin qulog‘imga chalindi, militsiya xodimlari bir yigitni quvib ketishayotganiga ko‘zim tushdi. Bino oldida turgan "muxlislar"ning so‘zlariga qaraganda yigitcha boshqa bir abituriyentning o‘rniga imtihon topshirmoqchi bo‘lgan ekan. Bu kabilar bir nechtaligi ma’lum bo‘ldi. Ularni avtobusga mindira boshladilar va men ularni sanay boshladi va orada bitta surat olishga ulgurdim. Mening hisobim bo‘yicha yigitlar soni 11 nafarni tashkil qilardi.

Jurnalistning hikoyasi bo‘yicha mana shundan so‘ng u mas’uliyatli shaxslar orasida eng kattasiga murojaat qilib intervyu olmoqchi bo‘lgan. Ammo shu paytning o‘zida ichki ishlar organlari xodimlaridan biri Rahmatullayevning yoniga kelib, undan fotoapparatini so‘ragan. "Men jurnalist ekanligimni va kirish imtihonlari haqida reportaj tayyorlayotganimni aytdim. So‘ngra u podpolkovnik unvonidagi ofitserni chaqirdi. Podpolkovnikka guvohnomamni ko‘rsatdim va maqsadim haqida gapirishga shaylangandim ham u favqulodda haligacha xayolimdan joy ololmayotgan gaplarni aytdi: "Men sizni bilaman, nimalar yozishingizni ham kimga xizmat qilishingizdan ham xabardorman".

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident OAV xodimlariga savol berdi

Rahmatullayevning aytishicha shundan so‘ng podpolkovnik yonidagi yigitlardan biriga fotoapparatdan barcha suratlarni yo‘q qilib tashlash buyrug‘ini bergan. 

"Mening nazarimda mana shu hodisaning o‘zi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda OAV vakillari bilan hamkorlik masalalarida ishlar olib borishni taqazo qiladi. IIB, prokuratura va sud organlari xodimlariga treninglar va seminarlar o‘tkazish yo‘li bilan jurnalistlar faoliyatining o‘ziga xos tomonlari shuningdek ikkala tomonning huquq va majburiyatlari haqidatushuntirib borish kerak", — deb o‘z postiga yakun yasagan Rahmatullayev.

Yangiliklar lentasi
0