Prezident OAV xodimlariga savol berdi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev, shuningdek, o‘z nutqi davomida yoshlar auditoriyasiga ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari ham o‘z faoliyatini tubdan o‘zgartirishi kerakligini aytib o‘tdi

TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Yoshlar hayoti, o‘y-kechinmalari, orzu-niyatlari, eng muhimi, ularni qiynayotgan masalalar, afsuski, radio va televidenie, gazeta va jurnallarda o‘z ifodasini to‘liq topmayapti. Go‘yoki hamma narsa joyida, olam guliston. Agar hammasi joyida bo‘lsa, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan yoshlar, jinoyatchilik, ishsizlik qayerdan paydo bo‘lyapti? Nega yoshlarga oid davlat siyosatiga loqayd munosabatda bo‘layotgan amaldorlar haqida ommaviy axborot vositalari, avvalo, yoshlar matbuoti churq etmaydi?, — deb savol berdi O‘zbekiston prezidenti 30-iyun kuni yoshlar bilan uchrashuvi chog‘ida.

Prezident, "Kamolot" radiosi, "Kamolot"ning Internet saytini misol keltirdi va ularda o‘tkazilgan yuzaki tadbirlar, yengil-yelpi qo‘shiqlar, o‘zini o‘zi maqtash, chiroyli qiyofalardan boshqa hech narsa yo‘qligini aytdi.

Narodniy artist Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov - Sputnik O‘zbekiston
Kamolot tugatildi, Ozodbek Nazarbekov "Yoshlar"ga rahbar bo‘ldi
"Yoshlar" teleradiokanali ham o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalana olmayotgani tufayli ushbu kanal faoliyatini kuchaytirish, uning 50 % aksiyasi O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga tegishli bo‘lishi e’lon qilindi.

Mirziyoyev, shuningdek, o‘z nutqi davomida yoshlar auditoriyasiga ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari ham o‘z faoliyatini tubdan o‘zgartirishi kerakligini aytib o‘tdi.

"Avvalo, quruq rasmiy gaplardan qochish, tanqidiy tahlil, kreativ yondashuv, bugungi hayotni butun ko‘lami, mazmuni, kerak bo‘lsa, murakkabligi bilan yoritishda jurnalistlarimiz faollik ko‘rsatishi kerak. Shu ma’noda, yangi tashkil etilgan Xalqaro press-klubga o‘xshab, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ham o‘z matbuot klubini ochish foydadan xoli bo‘lmaydi. O‘tkir va dolzarb muammolarni sizlar aytmasangiz, baribir xalqning o‘zi aytadi. Axir, sizlarning vazifangiz hayotdan bir qadam oldinda yurish emasmi?", — dedi prezident.

Yangiliklar lentasi
0