TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Samarqandda shahrida joylashgan qadimiy masjid va majmualar ijaraga beriladi. Davlat raqobat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, tadbirkorlar qo‘yidagi obyektlarni 5-yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga olib, ulardan tijorat maqsadida foydalanishlari mumkin ekan.
Gap, xususan, quyidagi obyektlar haqida ketmoqda:
1. Yangi Xayrobod masjidi, Samarqand shahar, Dahbed ko‘chasi, 50uy;
2. Shayx-ul-Islom majmuasi Samarqand shahar, Dahbed ko‘chasi, 99uy;
3. Yomini majmuasi Samarqand shahar, Chimkent ko‘chasi, 91 uy;
4. "Ko‘k masjid" masjidi Samarqand shahar Abdurasulov ko‘chasi, 64 uy;
5. "Urguti" masjidi Samarqand shahar, Panjakent kuchasi
6. "Maxmudi Xorazmi" masjidi Samarqand shahar, Buxoro ko‘chasi, 2 uy
Davlat raqobat qo‘mitasining Samarqand bo‘limi mutaxassisi Bekzod Payshanov Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda yuqoridagi masjid va majmualar haqiqatdan ham ijaraga berilishini tasdiqladi. Mutaxassis aytishiga qaraganda, ushbu masjid va majmualarning barchasi madaniy me’ros ro‘yxtiga kiritilgan va ular ijaraga ta’mirlash sharti bilan berilar ekan.
Tadbirkorlar ularni qayta ta’mirlash bo‘yicha o‘z loyihalarini taklif qilishlari kerak bo‘ladi. Viloyat Madaniy me’ros qo‘mitasi loyihalarni ko‘rib chiqib ularni, tasdiqlaydi. Shundan keyin Davlat raqobat qo‘mitasi tadbirkorlar bilan ijara shartnomasi imzolaydi. Shartnoma muddati — 5-yilugacha bo‘lishi mumkin. Qayta ta’mirlash xarajatlari ijara to‘lovi o‘rniga hisoblanishi ham mumkin ekan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu faoliyat 2017-yilning 30-iyunida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 450-sonli "2017-2019 yillarda Samarqand turistik salohiyatini rivojlantirish to‘g‘risidagi" qarorini hayotga tadbiq qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.