TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekistonga Amerikadan cho‘chqa go‘shti import qilinishiga qayta ruxsat berilishi mumkin, deb xabar qilindi Qo‘shma Shtatlar go‘shtni eksport qilish federatsiya (U.S. Meat Export Federation) saytida.
AQShning yangi yoki muzlatilgan chuchqa go‘shti agar ishlab chiqarilgan sanasi 2017-yil 1-yanvar kunidan boshlangan bo‘lsa O‘zbekistonga import qilinishiga ruxsat berilishi mumkin.
"Go‘sht yetkazib berilishi to‘xtatilishi biz uchun juda qayg‘uli bo‘ldi. Chunki dastlabki partiyalar O‘zbekistonda yaxshi qabul qilingan edi. Amerikaning go‘sht eksport qilish federatsiyasi tomonidan cho‘chqa go‘shti ishlab chiqarilishi nazorat qilish va PEDV kasalligi muammosini bartaraf etish masalalari to‘liq o‘rganib chiqilishi uchun O‘zbekiston veterinariya xizmati xodimlari AQShga taklif qilingan edi.
Taqiq qisqa fursatda olib tashlanmadi, lekin biz taslim bo‘lmadik. AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda bu masala bo‘yicha ishni davom ettirdik. O‘zbekistonning mutasaddi xodimlariga bizga qaror zarurligi haqida eslatmalar berdik. Men mamnuniyat bilan aytamanki, AQSh cho‘chqa go‘shti O‘zbekiston bozoriga qaytadi", — deb ta’kidladi AQSh go‘shtni eksport qilish federatsiyaning mintaqadagi vakili Yuriy Barutkin.
Eslatib o‘tamiz, Amerika go‘shtni eksport qilish federatsiyasi (USMEF) — AQShda yetishtirilgan mol, chuchqa, qo‘y go‘shtlarini dunyo bozoriga yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan nodavlat savdo tashkiloti hisoblanadi. USMEF qarorgohi Denver shahrida joylashgan. Shuningdek, Seul, Tokio, Pekin, Gonkong, Shanxay, Singapur, Taybey, Moskva, Sankt-Peterburg, Mexiko, Monterree va Brussel shaharlarida o‘z vakolatxonalariga ega.